» » Usmonxon Alimov 1-fevral haqida: “Qiyomat qachon bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi”

Usmonxon Alimov 1-fevral haqida: “Qiyomat qachon bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi”


Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda oxirzamon kelishi bilan bog‘liq gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. “Daryo” ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritishga harakat qilib ko‘rdi.

Bundan 17 yil avval NASA olimlari koinot jismlarini kuzatishlari davomida yerdan uzoq bo‘lmagan masofada yirik, vazni bir necha ming tonnalik asteroidni aniqlagan. O‘shanda asteroid yer sayyorasi bilan to‘qnashish ehtimoli borligi taxmin qilinib, turli xil mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘lgan.

2002-yilda olimlar 2002 NT7 asteroidi aniqlab, uning yer bilan to‘qnashuvi 2019-yilning 1-fevraliga to‘g‘ri kelishini taxmin qilgan. Bu ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda tarqab, oxirzamon haqidagi turli xil mish-mishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Yakuniy hisob-kitoblarda asteroidning yer bilan to‘qnashuvining ehtimoliy sanasi 2060-yilga to‘g‘ri kelishi aniqlangan.

Olimlar 2002 NT7 asteroidi Yer sayyorasi bilan to‘qnashgudek bo‘lsa, kuchli portlash oqibatida yer yuzida biror-bir tirik jonzot qolmasligi, ba’zi qit’alar yo‘q bo‘lib ketishi, magnit maydonlar almashib, iqlim keskin o‘zgarishi, tabiiy ofatlar boshlanishi mumkinligini bashorat qilgan.

Astronomlar turli asteroidlarning yerga kelib “urilishi”dan doim xavotirda bo‘lgan.

Bugungi kunda deyarli barcha osmon jismlar harakatini nazorat ostida, yer sayyorasi bilan ehtimoliy to‘qnashuvlar esa doim tahlil qilib boriladi. Bundan tashqari ehtimoliy to‘qnashuvlarda odamzotni qutqarish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgani ham ma’lum.

Qiyomat qachon bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. Qiyomat qachon bo‘lishini so‘raganlarga Payg‘ambarimiz qanday javob berishlari kerak ekanligini Alloh taoloning o‘zi ochiq-oydin oyati karimada o‘rgatgan. Jumladan, Alloh taolo ‘Ahzob’ surasida shunday degan: Odamlar Sizdan qiyomat (qachon bo‘lishi) haqida so‘raydilar. U haqdagi ma’lumot faqat Allohning huzuridadir – deb ayting! (Ahzob surasi, 63-oyat).

Qiyomat qachondir bo‘lishiga iymon keltirganmiz, lekin aynan qaysi kunda bo‘lishi haqidagi ma’lumotni Alloh taolo sir tutib, uni biror bir manbada keltirmagan. Hatto o‘z payg‘ambarlari va farishtalaridan ham yashirgan.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimizdan ‘Menga soat (qiyomat) haqida xabar bering!’ deb so‘raganlarida Payg‘ambarimiz ‘U haqda so‘ralayotgan odam so‘rovchidan ko‘ra bilimli emas’, deb javob berdilar (Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyati).

Ushbu hadisi sharifdan so‘raluvchi shaxs Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham, so‘rovchi Jabroil alayhissalom ham qiyomat qachon bo‘lishini bilmaganlari ko‘rinib turibdi.

Demak, Payg‘ambarimiz va Jabroil alayhissalomlar bilmagan narsani kim men bilanman deb, ‘falon kuni qiyomat bo‘ladi’, desa, yoki shunga ishonsa iymoniga putur yetadi. Bir qancha oyat va hadislarga qarshi chiqqan bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, yerga 8 million kilometrgacha yaqinlashgan har qanday osmon jismi Yer sayyorasi uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Quyida eng xavfli hisoblangan asteroidlar ro‘yxati:

2001 WN5 asteroidi 20-noyabr 2001-yilda aniqlangan. Jismning diametri – 1,5 kilometrni tashkil qiladi. Yerga 250 ming kilometr yaqinlikka 26-iyun 2028-yilda yaqinlashadi.

Eros asterodi. Mazkur osmon jismi 1898-yilda “kashf” qilingin. Eros – quyosh tizimidagi eng yirik asteroid hisoblanadi. Uning hajmi 33x13 kilometrni tashkil qiladi. Olimlar 2001-yilda NEAR Shoemaker kosmik apparatini asteroidni o‘rganish uchun uchirgan.

Duende (2012 DA14) asteroidi 23-fevral 2012-yilda aniqlangan. Jism massasi 40 ming tonnaga teng bo‘lib, quyosh atrofida aylanishi yer sayyorasiniki bilan bir xil vaqtda amalga oshiradi. Ba’zi bir taxminlarga ko‘ra, jismning bunday harakati keyinchalik koinot masshtabida muammo keltirib chiqarishi mumkin. Olimlar jism yerliklarga 2170-yilgacha xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan.

2005 YU55 asteroidi 28-dekabr 2005-yilda aniqlangan. Uning diametri 400 metrni tashkil qiladi. Elleptik orbita orqali harakatlanadi. Bu esa harakatning o‘zgaruvchanligidan ham dalolat beradi. Ayni paytda mazkur asteroid yerdan 325 ming kilometr uzoqlikda parvoz qilmoqda. 2011-yilda olimlar mazkur osmon jismi yer orbitasiga kirishi mumkinligidan xavotirda bo‘lgan, biroq ularning taxmini xato bo‘lgan. Mazkur obyekt bilan bog‘liq muammolardan biri, u koinotda kuzatish qiyin bo‘lgan jism hisoblanadi.

Apofis asteroidi 2004-yilda “topilgan”. Uning diametri 300 metrni tashkil qiladi. Obyektning umumiy og‘irligi – 27 million tonnani tashkil qiladi. Asteroid yer bilan to‘qnashsa, portlash kuchi trotil ekvivalentida 1717 megatonn kuchni tashkil qilishi mumkin. Bu esa bir necha yuz kilometr masofada barcha tirik jonzotlarni qirilib ketishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari 6 balldan yuqori bo‘lgan zilzila hamda sekundiga 800 metrgacha tezlikda shamol kuzatilishi mumkin.

2013 TV135 asteroidi. 16-sentabr 2013-yilda aniqlangan. Diametri 400 metr. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yerga 26-avgust 2032-yilda 4000 kilometr masofaga yaqinlashadi. Asteroidning uchish tezligi sekundiga 15 kilometrni tashkil qiladi. Ehtimoliy to‘qnushuv oqibatidagi portlash kuchi trotil ekvivalentida 2500 megatonnani tashkil qilishi mumkin.

Masalan, AQSh harbiy havo kuchlari tomonidan Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan atom bombasining portlash kuchi trotil ekvivalentida 13 dan 18 kilotonngacha bo‘lib, oqibatda 60 mingdan 80 minggacha odam halok bo‘lgan. Nagasaki shahriga tashlangan bombaning kuchi esa trotil ekvivalentida 21 kilotonnani tashkil qilib, 90 migdan do 166 minggacha odam qurbon bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 15:00)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют