» » Braziliya prezidenti yetti soatlik jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi

Braziliya prezidenti yetti soatlik jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi


Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruga o‘tgan yili sentabr oyida amalga oshirilgan suiqasddan so‘ng o‘rnatilgan kolostomik qopni olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, deya xabar beradi “Korrespondent”.

“Operatsiya yetti soat davom etdi va murakkabliklarsiz o‘tdi”, — deydi Braziliya prezidenti matbuot kotibi.

San-Paulu shifoxonasi shifokorlari prezidentning ahvolini barqaror deb baholamoqda. Hozir u intensiv terapiya bo‘limida.

48 soat mobaynida Bolsonaruning vazifasini bajarauvchi etib amaldagi prezident o‘rinbosari Amilton Mourao tayinlangan. Davlat rahbari bir necha kunni kasalxonada o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 5-sentabrida saylov kampaniyasi davomida Bolsonaruga suiqasd qilingan. Saylovchilar bilan uchrashuvga kelgan siyosatchi noma’lum erkak tomonidan pichoq bilan yarador qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning oktabrida, Ijtimoiy-liberal partiyasi vakili Jair Bolsonaru Braziliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida g‘alaba qozonib, 55,2% ovoz to‘plagan. Uning inauguratsiya marosimi 2019-yilning 1-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют