» » Angela Merkel Fulbrayt mukofoti bilan taqdirlandi

Angela Merkel Fulbrayt mukofoti bilan taqdirlandi


Germaniya kansleri Angela Merkelga xalqaro munosabatlarni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun AQSh senatori Uilyam Fulbrayt nomidagi xalqaro mukofot topshirildi, deya xabar beradi “Korrespondent”.

28-yanvar kuni Berlinda mukofotni qabul qilib olar ekan Germaniya hukumati rahbari ko‘plab mamlakatlarda, shu jumladan, Germaniyada ham populyatsiya va millatchilik xavfi ortib borayotganini ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda xalqaro huquq va inson huquqlarining asosiy tamoyillari xavf ostida. “Biz bunga qat’iy qarshi chiqishimiz lozim”, — deydi Merkel.

Angela Merkel Fulbrayt mukofotini qo‘lga kiritgan ilk germaniyalik bo‘ldi.

Avvalroq mukofot bilan Nelson Mandela, Kofi Annan, Jimmi Karter, Bill Klinton, Vaslav Xavel, “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti, shuningdek, Bill va Melinda Geytslar mukofotlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют