» » Ortopediyada ajoyib kashfiyot: Isroilda yog‘ni suyak to‘qimasiga aylantirish amaliyoti tadbiq etildi

Ortopediyada ajoyib kashfiyot: Isroilda yog‘ni suyak to‘qimasiga aylantirish amaliyoti tadbiq etildi


Isroillik olimlar tomonidan dunyoda birinchi bo‘lib ortopediyada inqilob deb nom olgan usul muvaffaqiyatli qo‘llanildi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.

Ular bemorlar yog‘idan suyak to‘qimasi hosil qilishni o‘rgangan. Usul allaqachon sinovdan o‘tgan va yaqin kelajakda keng qo‘llanilishi mumkin.

Professor Rozen bu safar odatdagidan ko‘proq tashvishlandi. Bemor bilan yuz bergan baxtsiz hodisa sababli tizaga shtift o‘rnatildi. Biroq suyakda katta besh santimetrlik teshik paydo bo‘lgandi. Bunday hollarda bemorning tos suyagidan olib, shikastlangan joyga joylashtiriladi. Bu juda og‘riqli, mehnat talab qiladigan, davosi uzoq davom etadigan muolaja. Ammo bu safar ular butunlay yangi usuldan foydalanishga qaror qildi.

“Bu ortopediyada haqiqiy inqilob bo‘ldi. Biz bemorning qorin bo‘shlig‘idan yog‘ to‘qimasini olib, ikki hafta ichida uni bioreaktordan suyak hujayralariga aylantirib, shikastlangan joyga joyladik”, — deydi “Ha-Emek” shifoxonasining ortopediya bo‘limi professori Nimrod Rozen.

Dastavval tajriba sichqonlarda sinab ko‘rilgan. Yog‘dan yetishtirilgan suyak tanani rad etmagan, qon tomirlarida o‘ralib, tezda ildiz otgan. Bu noyob texnologiya insonlarda birinchi bo‘lib yuz-jag‘ jarrohligida sinovdan o‘tkazilgan.

Sababi bosh suyaklar jarohati yoki patologiyasi yuz berganda, donor to‘qimalarni topish juda qiyin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют