» » Rossiya Mudofaa vazirligi Palmira uchun janglarda rossiyalik harbiy xizmatchining halok bo‘lganligini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Palmira uchun janglarda rossiyalik harbiy xizmatchining halok bo‘lganligini ma’lum qildi


Shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi Artyom Gorbunov 2-mart kuni Palmira hududida IShID terrorchilik guruhi jangarilarining hujumini qaytarish davomida rossiyalik harbiy maslahatchilar joylashgan Suriya qo‘shinlari pozitsiyasida halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Shartnoma asosidagi harbiy xizmat oddiy askari Artyom Gorbunov Suriya Arab Respublikasida rossiyalik harbiy maslahatchilarni qo‘riqlash vazifasini bajarayotgan edi. Gorbunov 2-mart kuni Palmira hududida IShID guruhi jangarilarining rossiyalik harbiy maslahatchilar joylashgan Suriya qo‘shinlari pozitsiyasini yorib kirishga urinishini qaytarish chog‘ida halok bo‘ldi”, — deyiladi harbiy boshqarma xabarida.

Xabarda, shuningdek, oddiy askar Gorbunov qo‘mondonlik tomonidan vafotidan so‘ng davlat mukofoti bilan taqdirlash uchun taqdim etilganligi ta’kidlanadi.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют