» » Ta’lim sohasidagi rahbar ayollar tajriba almashadi

Ta’lim sohasidagi rahbar ayollar tajriba almashadi


2019-yilning 28-yanvar kuni Xalqaro hamkorlik markazida “Yetakchilik bugun: ayol rahbarlar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, bu haqda “Daryo”ga Britaniya Kengashining axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir Britaniya Kengashi dasturi doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda sohada ishlayotgan ayollar o‘rtasida yetakchilik qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan.

Dastur Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Loyiha oliy ta’limda sifatni ta’minlash bo‘yicha yirik qo‘shma dasturning bir qismi bo‘lib, ayollarda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Tadbirda O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlari prorektor, dekan va bo‘lim boshliqlari ishtirok etib, ular oliy o‘quv yurtlarida ayol rahbarlarining yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish bo‘yicha britaniyalik soha mutaxassislari tomonidan olib boriladigan uch kunlik seminar-treningida ishtirok etadi.

Seminarda ishtirok etish uchun O‘zbekiston tomonidan biznes, san’at, nodavlat tashkilotlar, deputatlar, Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” ilmiy-amaliy markazlarining muvaffaqiyatli rahbar xodimlar taklif etilgan.

Dastur davomida ishtirokchilar oliy ta’lim sohasida ish yuritayotgan rahbar ayollarning kuchli jihatlari, ehtiyojlari va intilishlari, ayol rahbarlarning ishi mobaynida to‘qnash keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda foydalaniladigan strategiyalar va taktikalar muhokama qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют