» » “Islomxo‘ja” filmi Pokistonda qanday kutib olindi?

“Islomxo‘ja” filmi Pokistonda qanday kutib olindi?


O‘zbekistonlik taniqli rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan “Islomxo‘ja” tarixiy badiiy-publitsistik filmining Pokistondagi premyerasi katta muvaffaqiyat qozondi, deb yozadi “Xalq so‘zi Online”.

Unda o‘tgan asrning boshlarida Xiva xonligining bosh vaziri bo‘lgan Islomxo‘janing hayot yo‘li va mamlakat boshqaruvidagi faoliyati haqida hikoya qilinadi.

Mazkur tadbir O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi, shuningdek, Islomobod meriyasi hamda mezbon davlat “Milliy san’at kengashi” tomonidan tashkil etilgan.

Film taqdimotida Islomobodda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiya rahbarlari, Pokiston ijtimoiy-madaniy va ishbilarmonlik doiralari vakillari qatnashdi. Kinoasar premyerasi Pokistondagi yetakchi OAV, jumladan, “PTV News” milliy telekompaniyasi tomonidan keng yoritildi.

Namoyishdan so‘ng muxlislar bilan suhbatlashib, ularning taassurotlari so‘raldi.

Pokiston global va strategik tadqiqotlar markazi yetakchi eksperti S. Axtar:

— Filmda tarixiy faktlar va boy islom merosi batafsil tasvirlanishi O‘zbekiston ziyorat turizmini rivojlantirish uchun sezilarli salohiyatga ega ekanligini namoyon etdi. Bundan tashqari, asar bosh qahramoni Islomxo‘ja payg‘ambar Muhammad sallollohu alayhi vassallamning avlodlari saidlardandir. Ularga nafaqat Pokiston, umuman, islom dunyosida alohida ehtirom ko‘rsatiladi. Shuning uchun film biz uchun juda qiziq hamda hurmatga loyiq.

“Rove Pakistan” turistik kompaniyasi ijrochi direktori F. Qozi:

— “Islomxo‘ja” filmining premyerasi menda katta taassurot qoldirdi. Ushbu kinoasarni tomosha qila turib, islom sivilizatsiyasi markazi bo‘lib qolayotgan Xiva, Samarqand va Buxoro kabi mashhur shaharlarga ega o‘zbek kinosanoati bunday tarixiy filmlarni yaratishga katta e’tibor qaratishi kerak, degan xulosaga keldim.

“O‘zbekiston — Pokiston ishbilarmonlik kengashi” bosh kotibi A. Afzal:

— “Islomxo‘ja” kinofilmi premyerasi nafaqat O‘zbekiston tarixi va madaniyati, balki respublikaning o‘zida milliy o‘ziga xoslikni saqlab qolgan zamonaviy kinematografiya taraqqiyoti bilan Pokiston jamoatchiligini keng tanishtirish nuqtayi nazaridan muhim voqeaga aylandi. O‘zbekiston tarixi, boy madaniyati hamda qadriyatlari, shuningdek, mohirona tasviriy yechimlar, yuksak malakaga ega aktyorlar mahorati pokistonlik tomoshabinlar qalbini zabt etdi.

Pokistondagi etnik o‘zbeklar vakili professor O‘g‘uzxon:

— Men o‘zbek tarixiga katta hurmat bilan qarayman. Hudud va umuman, jahonda turli sivilizatsiyalar hamda imperiyalarning tarixiy almashinuviga qaramay, O‘zbekiston o‘ziga xosligi va tarixiy yodgorliklari, butun islom olami uchun ma’naviy qadr-qimmatga ega bo‘lgan ma’rifiy islom merosini saqlab qola olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют