» » Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradagi qishlog‘ida 3 metrli bo‘g‘ma ilon topildi

Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradagi qishlog‘ida 3 metrli bo‘g‘ma ilon topildi


Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Aravon tumanida 3 metrli o‘lik bo‘g‘ma ilon topildi, deb yozadi UZ24 mahalliy “Turmush” nashriga tayanib.

Nashr xabariga ko‘ra, ilon O‘zbekiston bilan chegaradagi Jeke-Miste qishlog‘idan, Farg‘ona kanalining yonidan topilgan.

Qishloq veterinari Mamatrayim Tojiboyevning aytishicha, u katta ehtimol bilan, qo‘shni davlatdan kanal orqali suzib kelgan. Ikki kun oldin qishloqdagi yigitlar suvdan o‘lik bo‘g‘ma ilonni topgan, uning uzunligi 3 metr, eni — 15—20 santimetr bo‘lgan. “Ehtimol, O‘zbekistonda kimdir ilonlar boqadi, ulardan biri nobud bo‘lganida esa, uni kanalga tashlab yuborgan”, — deydi veterinar.

Ilonni tutgan shaxslar izoh berishdan bosh tortgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют