» » Omonatlar endi — yanada daromadli!

Omonatlar endi — yanada daromadli!


Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga yanada ko‘proq daromad olish imkoniyatini yaratish maqsadida amalda bo‘lgan ayrim omonatlarga to‘lanadigan foizlar miqdorini oshirdi.

Xususan:

- “Kelajak bunyodkori” omonatiga to‘lanadigan foizlar yillik 20 foizdan 21 foizga oshirildi. Omonat muddati – 25 oydan 36 oygacha;

- “Inson manfaati” omonatiga to‘lanadigan foizlar yillik 19 foizdan 20 foizgacha oshirildi. Omonat muddati – 13 oydan 25 oygacha.

Mazkur omonatlarga mablag‘lar milliy valyutada naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz shaklda omonatchining ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lari, jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablag‘lari hisobidan qabul qilinadi. Omonatlarga hisoblangan foizlar har oyda to‘lab boriladi.

Muhim jihati shundaki, mijozning moliyaviy manfaatdorligiga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Xususan, omonatchining 12 oydan ortiq saqlangan omonatini muddatidan oldin qaytarib olishi talab qilinganda, omonat saqlangan davrga, shartnomada belgilangan yillik foiz to‘lovining 75 foizi miqdorida foiz to‘lab beriladi.

Qonun bilan kafolatlangan, omonatlarning sir tutilishi va meros huquqi himoyasi bank tizimida doimiy nazoratga olingan. Omonatga qo‘yilgan mablag‘lar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan kafolatlangan.

Omonatlar bilan amaliyotlarda mijozga o‘z mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini beradigan “SMS-omonat” xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu omonatchilarning vaqtini tejaydi va qulaylik yaratadi.

Shuningdek, bank tizimida shaxsning barmoq izlari namunasidan foydalanish - “Biometrik identifikatsiyalash” tizimi joriy qilingan. Bunda omonat hisobvaraqlaridagi mablag‘lar bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni omonat egasi bo‘lgan mijozning bevosita ishtirokisiz amalga oshirish imkoni bo‘lmaydi va omonat mablag‘lariga nisbatan bank xodimlarining daxlsizligi ta’minlanadi.

- “Qishloq qurilish bank”i omonatlariga 10 yildan beri o‘z mablag‘imni qo‘yaman, - deydi Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro Shoira Turoboyeva. - Avvallari omonat qo‘ygandan so‘ng mablag‘imiz bilan bog‘liq to‘lovlarni, ya’ni omonat foizlarini bilish uchun bankka borar edik. Hozir esa uyda turib uyali telefoningiz orqali buni bilish, kuzatib borish va boshqarish imkoniyati yaratilgan.

“SMS-xabarnoma” orqali ma’lumot kelib turadi. “Depozit-banking” ilovasi orqali omonatga kelib tushgan foiz mablag‘lari hisobidan boshqa to‘lovlarni ham bajarishingiz mumkin. Ayniqsa, filiallarda joriy qilingan “Barmoq izi” tizimi ishonchimizni oshiradi. Ushbu bank daromadlarim ko‘payishiga yordam bermoqda.

Ma’lumot uchun, ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida 2019-yil 1-yanvar holatiga 23 tadan ortiq omonat turlariga mablag‘lar jalb qilinmoqda. Shu davrga bankning jami omonatchilari soni 98 840 nafarni va ularning bankdagi qo‘yilmalari (uy-joy mablag‘larisiz) 481,8 mlrd so‘mni tashkil qildi.

“Qishloq qurilish bank” - farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun:

Telefonlar: (+99878) 150-72-58, 150-93-39

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram

Facebook

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют