» » Tojikiston O‘zbekistondan gaz sotib olishni to‘rt baravarga oshirmoqchi

Tojikiston O‘zbekistondan gaz sotib olishni to‘rt baravarga oshirmoqchi


Tojikiston gaz kompaniyasi shu yilda O‘zbekistondan gaz yetkazib berish hajmini to‘rt baravarga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tojikiston telegraf agentligiga tayanib, Sputnik xabar qildi.

“Tojiktransgaz” kompaniyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzodaning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya joriy yilda O‘zbekistondan 200 million kub metr tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, ikki davlat gaz kompaniyalari kelishuvga erishib, bitim muhokama qilinmoqda. Shundan keyin hujjat imzolanadi.

Shoimzoda o‘tgan yili O‘zbekistondan Tojikistonga 54 million kub metr gaz kelganligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda import qilingan gaz bilan yigirmadan ortiq kompaniyalar ta’minlanmoqda. Shular ichida Tojikiston alyuminiy kompaniyasi va Dushanbe issiqlik elektr stansiyasi, iste’molchilar soni esa har oyda ko‘paymoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida Shoimzoda sotib olinadigan gaz hajmi iste’molchilar soniga bog‘liqligi va 2018-yil ikkinchi choragida import hajmi keskin ortib 3,5 million kub metrni tashkil qilganligini aytgandi.

Tabiiy gazning asosiy iste’molchisi – “Talko” alyuminiy kompaniyasi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют