» » Ukrainalik ayol muz yorig‘idan cho‘kayotgan ikki bolani qutqarib oldi (video)

Ukrainalik ayol muz yorig‘idan cho‘kayotgan ikki bolani qutqarib oldi (video)


27-yanvar kuni Nikolayev viloyatining Snigiryov qishlog‘idagi Ingulets daryosida muz yorig‘iga tushib ketgan ikki bola qutqarib olindi, deya xabar beradi “Liga Novosti”.

Tamila Chernyakning so‘zlariga ko‘ra, shu kuni sakkiz yoshli Daniil Yevdokimov, uning 10 yoshli opasi Anya va akasi Andrey avval qirg‘oq bo‘yida o‘ynab, keyin muz bo‘ylab daryoning o‘rtasiga borgan. Avvaliga Daniil, keyin esa uni qutqarmoqchi bo‘lgan opasi uning ortidan muzga tushib ketgan.

Akasi Andrey yordam so‘rab aholi yashash joylari tomon yugurib ketgan. Bo‘layotgan voqealarga guvoh bo‘lgan Tamila Chernyak yordamga oshiqqan.

“Men ko‘chaga telefonda gaplashish uchun chiqqan edim, birdan bolalar yig‘isini eshitib qoldim... Uy kiyimida bo‘lishimga qaramay, daryo tomonga yugurdim, bolalarni qutqarib olgach, ularga qirg‘oq tomon emaklab borishni buyurdim va o‘zim ham ularning ortidan sudralib bordim”, — deydi bolalarni qutqarayotganda o‘zi ham suvga tushib ketgan ayol.

“Ular isinib olishgach otasi o‘z uyiga olib ketgan. Hozirda bolalarning sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют