» » Qulay oshxona uchun 5 tavsiya

Qulay oshxona uchun 5 tavsiya


Oshxonadagi kichkina o‘zgarishlar ham uning qulayroq bo‘lishiga yordam beradi. Xo‘sh, buning uchun nimalar qilish mumkin?

Bo‘yalgan, g‘ishtli va panelli oshxona “fartuklar”i juda chiroyli ko‘rinsa ham yig‘ishtirish va tozalash ishlari boshlagandan so‘ng oshxona uchun haqiqatan ham chidamliroq “fartuklar” zarur bo‘lishini anglab yetasiz. Keramik plita, toblangan shisha yoki zanglamaydigan metall panellar bunga juda mos tushadi.

Oshxona o‘rtasidagi katta chiqindi idishi juda yoqimsiz ko‘rinadi. Chiqindi idishi uchun eng mosi rakovina ostidagi joy hisoblanadi. Foydalanish oson bo‘lishi uchun idishni eshikning ichkari tomoniga osib qo‘ysa ham bo‘ladi.

Ko‘pchilik internetda ko‘rsatilgan oshxonalarga juda havas qiladi. Lekin tabiiy marmardan qilingan stol usti, sovunli toshdan yasalgan rakovina, yog‘och pol kabi jihozlar juda nafis ko‘rinsa ham oshxona tozaligini saqlashda qiyinchilik tug‘diradi. Yaxshisi, ko‘rinishi o‘rtacha bo‘lsa ham o‘zingizga qulay bo‘lgan sharoit yaratganingiz ma’qul.

Stol usti qora rangda bo‘lishi chiroyli ko‘rinsa ham, uni mukammal tozalikda tutish juda qiyin. Stol usti uchun eng yaxshi variant kulrang hisoblanadi.

Moykani tanlashga aql bilan yondashish lozim. Birinchi navbatda materialning xossalariga e’tibor bering. Ba’zi moykalar issiq suv ta’sirida yorilib ketadi, ba’zilari esa tez tirnaladi, lekin siz eng ixcham va qulayini tanlang.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют