» » Prezident otkazgan yigilishda iqtisodiyotni va valyuta bozorini erkinlashtirish chora-tadbirlari natijadorligi muhokama qilindi

Prezident otkazgan yigilishda iqtisodiyotni va valyuta bozorini erkinlashtirish chora-tadbirlari natijadorligi muhokama qilindi


Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish boyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bagishlangan yigilish otkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yigilishda qayd etilganidek, iqtisodiyot rivojlanishi va tadbirkorlar faoliyati uchun katta tosiq bolib kelgan valyutani erkin sotib olish va sotish borasidagi cheklov va muammolar bartaraf etildi. Etiborlisi shundaki, oldingi yillarda eksport tushumlari boyicha majburiy sotuv talabi bor paytda eksportdan tushgan valyuta tushumlarining ichki bozorga ishlatilishi 30 foizni tashkil etgan bolsa, bunday cheklov va talablar olib tashlanganidan keyin ushbu korsatkich 61 foizga yetdi.

Buning natijasida tashkilotlar ozlari uchun zarur xomashyo va asbob-uskunalarni xarid qilish, joriy va investitsiya ehtiyojlarini qoplash imkoniyatiga ega boldi, shuningdek otgan yili sanoat hajmlari 14,4 foizga, eksport tushumi 19 foizga osdi va eksportyorlarning banklarga sotgan valyuta hajmi 1,9 barobar oshishiga erishildi.

Bu esa oz navbatida, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, raqobatbardosh ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Davlat rahbari 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish iqtisodiyot sohasidagi muhim vazifalardan ekanini takidlagan edi.

Yigilishda shu boradagi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Valyuta zaxiralardan oqilona foydalanish, ushbu zaxirani boshqarishning aniq strategiyasini ishlab chiqish boyicha korsatmalar berildi.

Shuningdek, oltin-valyuta zaxiralari tarkibini optimallashtirish, valyutalarni saqlashda xalqaro tajriba asosida qimmatli qogozlar, jumladan, yuqori likvidli obligatsiyalardan foydalanish zarurligi takidlandi.

Valyuta tushumlari va oltin-valyuta zaxiralarining kopayishini taminlashda eng optimal yol bu eksport salohiyatini oshirishdir. Shuning uchun bu yil eksport prognozlari otgan yilga nisbatan 1,3 barobar koproq qilib belgilangan.

Lekin, ayrim xojalik yurituvchi subektlarda hanuzgacha eksport tushumi boyicha muddati otgan qarzdorliklar mavjudligi korsatib otildi.

Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga har bir xojalik birlashmasi kesimida eksport boyicha muddati otgan debitor qarzdorlikni kamaytirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, ijrosini taminlash vazifasi qoyildi.

Xalqaro ekspertlar fikriga kora, iqtisodiyot erkinlashgan va investitsiyalar faollashgan sharoitda tashqi savdo aylanmasida ozgarishlar bolishi tabiiy holat.

Prezident erkin sotib olinayotgan valyuta iqtisodiyotning ertangi kundagi rivojlanish maqsadlariga xizmat qilishi kerakligini alohida takidladi.

Mahalliy ishlab chiqarishning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish maqsadida investitsiya xarakteriga ega bolgan texnologiya, asbob-uskuna, xomashyo va materiallarni xarid qilishda xojalik yurituvchi subektlar va korxonalarning valyutalarini samarali yonaltirish zarurligi korsatib otildi. Davlat ulushiga ega korxonalarda import ornini bosuvchi va mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kopaytirish boyicha chora-tadbirlar belgilash kerakligi qayd etildi.

Shuningdek, yangi bojxona tariflarining mahalliy ishlab chiqarishga tasirini organib, amaldagi tariflarni yanada takomillashtirish vazifasi qoyildi.

Yigilishda iqtisodiyotning yetakchi korxona va tashkilotlar kesimida eksport tushumlari tanqidiy tahlil qilinib, bu boradagi kamchiliklar korsatib otildi. Mamlakat eksport salohiyatini oshirish, shu jumladan, yetakchi eksportyor korxonalarning eksport tushumlarini kopaytirish boyicha vazifalar belgilab berildi. Bu borada nisbiy ustuvorlikka ega bolgan sohalarni aniqlab olish hamda ularni rivojlantirish boyicha konsepsiya va yol xaritalari ishlab chiqish zarurligi takidlandi.

Yigilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari eshitildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (29-01-2019, 19:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 13) ( 0) ( 12) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -