» » Andijonda o‘tov ko‘rinishidagi ixcham va arzon uylar quriladi (foto)

Andijonda o‘tov ko‘rinishidagi ixcham va arzon uylar quriladi (foto)


2019-yildan Andijon viloyatining Xonobod shahridagi qir-adirliklarda tashqi investitsiya hisobiga narxi 30 million so‘mgacha bo‘lgan ixcham, qulay va arzon zamonaviy uylar qurilishi boshlanadi. Uylarni Xonobod shahrida faoliyat olib boruvchi “Rus Do‘stlik agrosanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati qurib bitkazadi. Bu haqda Xonobod shahar hokimligiga tayanib, “Daryo”ga jurnalist Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

“Bugun kunda aholining uy-joyga bo‘lgan talabi kundan-kunga ortiq bormoqda. Shuni hisobga olgan holda keyingi yillarda hududlarda aholi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi arzon uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq qurilish mahsulotlarining yildan-yilga ko‘tarilib borayotgani, sa’y-harakatlarni puchga chiqarmoqda. Arzon deyilayotgan uylarning narh-navosi qimmatga tushmoqda. Uzoq yillardan buyon shahrimizda faoliyat olib borayotgan rossiyalik tadbirkor Rustamjon Usmonov ushbu loyiha tashabbusi bilan chiqdi”, — deydi Xonobod shahri hokimi Musaxon Nurmatov.

Tadbirkor Rustamjon Usmonovning aytishicha, ushbu loyiha natijasida nafaqat aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish, balki ichki va tashqi turizmni rivojlantirishda ham yaxshigina qo‘l kelishi mumkin ekan.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, biz investorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar barchamizni birdek quvontirmoqda. Undan to‘g‘ri yo‘lda foydalanish esa o‘zimizga bog‘liq, albatta. Uzoq o‘ylanish va hamkasblarimning takliflari asosida penoplast materiallaridan Yaponiya texnologiyasi asosida ham arzon, ham ihcham bo‘ladigan uylar qurish g‘oyasi vujudga keldi. Bu loyihani Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga taqdim qilganimizda ma’qulladi.

Uylar milliylikda uzoqlashmagan holda gumbaz usulida quriladi. Barcha xonadonlar kabi ichida barcha sharoitlar, ya’ni o‘z oshxonasi, hojatxonasi va yotoqxonasiga ega bo‘ladi. Qurilish uchun ketadigan materiallarning deyarli 92 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi. Shuning uchun ularning o‘rtacha narxi bugungi kunda dollar hisobida o‘rtacha uch ming, o‘z valyutamizda esa 25-30 million so‘mgacha yetishi kutilmoqda.

Loyiha ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda, ya’ni  sinov tarzida turistlarni jalb qilish maqsadida 200 tadan ortiq uylar Xonobod adirliklarida 2019-yilning fevral oyigacha qad rostlaydi va ishga tushadi. Agarda yaxshi natija beradigan bo‘lsa, ikkinchi bosqich ham amalga oshiriladi. Bunda uy-joylar hududlarda aholidan tushgan buyurtma asosida qurib bitkaziladi. Loyihaning barcha bosqichi investitsiya hisobiga amalga oshiriladi”, — deydi tadbirkor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют