» » Farg‘onada tuman hokimining qabuliga yordam so‘rab kelgan, nogiron farzandlari bor ayolga 3 xonali uy berildi

Farg‘onada tuman hokimining qabuliga yordam so‘rab kelgan, nogiron farzandlari bor ayolga 3 xonali uy berildi


Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumani hokimining qabuliga yordam so‘rab kelgan, nogiron farzandlari bor ayolga o‘sha joyning o‘zida 3 xonali uy berildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar Ittifoqi Dang‘ara tuman kengashi raisi Shahnoza O‘rinova ma’lum qildi.

Tumanning Usmon Nosir ko‘chasidagi uylarning birida ijarada yashovchi Maftuna Usmonova uy-joy masalasida yordam so‘rab tuman hokimining qabuliga kirgan. Fuqaro murojaati shu yerning o‘zida batafsil o‘rganilib, tuman hokimi Saidmurod Aminjonov tomonidan Maftuna Usmonovaga 3 xonali uyning kaliti topshirilgan.

— Xalq ta’limi bo‘limida ishlayman. Zuhraxon va Hasanjon ismli nogiron farzandlarim bor. Ancha vaqtdan buyon bolalarim bilan ijarada yashardik. Tumanimizda qurilayotgan arzon uy-joylardan xonadon olishda yordam so‘rab hokim qabuliga kirdim. Kutilmaganda o‘sha joyning o‘zida yangi uy berishdi. Xursandligimdan yig‘lab yubordim, — deydi Maftuna Usmonova.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda Dang‘ara tumanida har biri 18 xonadondan iborat 4 ta ko‘p qavatli, 8 ta 4 sotixli, 45 ta 2 sotixli arzon uy-joy qurilgan. Ushbu uylarning 20 tasi nogironligi bor shaxslarga, 2 tasi faol yoshlarga berilgan.

Ayni paytda 24 xonadonga mo‘ljallangan 1 ta ko‘p qavatli, 12 ta 2 sotixli uylarning qurilish ishlari boshlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют