» » 1-fevraldagi qiyomat qoyim, O‘zbekistondagi ilk osma ko‘prik, Samarqandda gullagan bodom daraxti va kunning boshqa muhim xabarlari

1-fevraldagi qiyomat qoyim, O‘zbekistondagi ilk osma ko‘prik, Samarqandda gullagan bodom daraxti va kunning boshqa muhim xabarlari


29-yanvarning e’tiborga molik xabarlari — “Daryo” dayjestida.

Usmonxon Alimov 1-fevral haqida: “Qiyomat qachon bo‘lishini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi”.

2002-yilda olimlar 2002 NT7 asteroidini aniqlab, uning yer bilan to‘qnashuvi 2019-yilning 1-fevraliga to‘g‘ri kelishini taxmin qilgan. Bu ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda tarqab, oxirzamon haqidagi turli xil mish-mishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. “Daryo” ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritishga harakat qilib ko‘rdi.

***

Toshkentda O‘zbekistondagi ilk osma ko‘prik ochiladi.

Yunusobod va Shayxontohur tumanlari chegarasida joylashgan “Navro‘z” madaniyat va dam olish bog‘i hududida yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan ilk osma ko‘prik barpo etilmoqda.

***

Samarqand shahridagi vokzal hududida bodom daraxti qiyg‘os gulladi.

Bundan oldin shunday holat Namangan, Surxondaryo viloyatlarida kuzatilgandi. Qish oylarida ob-havoning iliq kelishi tabiat qoidalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

***

O‘zbekistonliklarning Qozog‘istonda muzlab qolishiga yana bir bahya qoldi.

Ichida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan avtobus buzilib qolganligi sababli yo‘lda qolib ketgan.

54 kishini Turkiston viloyatidan Yekaterinburgga olib o‘tayotgan transport vositasi texnik nosozlik sababli juda sovuq ob-havo hukmronlik qilayotgan Petropavlovsk chegarasida to‘xtab qolgan.

***

Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradagi qishlog‘ida 3 metrli bo‘g‘ma ilon topildi.

Qishloq veterinari Mamatrayim Tojiboyevning aytishicha, u katta ehtimol bilan, qo‘shni davlatdan kanal orqali suzib kelgan. “Ehtimol, O‘zbekistonda kimdir ilonlar boqadi, ulardan biri nobud bo‘lganida esa, uni kanalga tashlab yuborgan”, — deydi veterinar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют