» » Osiyo Kubogi—2019. Qatar BAAni tor-mor qilib finalga chiqdi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Qatar BAAni tor-mor qilib finalga chiqdi (video)


29-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining  1/2 final bahslari doirasida ikkinchi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unda Qatar terma jamoasi musobaqa mezboni BAA termasiga qarshi maydonga tushdi va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

1-bo‘limning 22-daqiqasida Bualem Hukhi hisobni ochgan bo‘lsa, 36-daqiqaga kelib Almuaz Ali hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 9 daqiqa qolganda Hassan Al-Haydos jamoasining 3-golini kiritib, hisobni yiriklashtirdi. Uchala golga ham Akrom Afif assistentlik qildi. O‘yinning 90+3-daqiqasida Hamid Ismoil Karim Boudiaf uzatgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi va bahsga yakun yasadi.

Shu tariqa Qatar terma jamoasi BAA darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi va musobaqaning finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi qatarliklar finalda Yaponiya bilan musobaqa chempionligi uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Eron termasi darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritib, musobaqaning finaliga yo‘l olgandi.

Osiyo Kubogi—2019

1/2 final bahslari

29-yanvar, seshanba

Gollar: 1:0 — 22 Hukhi, 2:0 — 36 Almuaz Ali, 3:0 — 81 Al-Haydos, 4:0 — 90 Hamid Ismoil.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют