» » Toshkentda Nexia’da chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 26 yoshli yigit qidirilmoqda

Toshkentda Nexia’da chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 26 yoshli yigit qidirilmoqda


28-yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi O.Tillaboyeva IIBga murojaat qildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Fuqaro o‘z murojaatida shu yil 15-yanvar kuni soat 12:30 larda birga yashovchi 26 yoshli o‘g‘li Davronbek Sherboyev boshqaruvidagi davlat raqami 40 U 041 KA bo‘lgan Nexia avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

D.Sherboyevni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, agar orangizda kimda-kim ushbu shaxs va avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga borib yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz”, — deyiladi IIV xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют