» » Namanganda tadbirkorning 25 mln so‘mlik mahsulotini yoqib yuborgan mansabdor yetkazilgan moddiy zararni to‘laydigan bo‘ldi

Namanganda tadbirkorning 25 mln so‘mlik mahsulotini yoqib yuborgan mansabdor yetkazilgan moddiy zararni to‘laydigan bo‘ldi


Investitsiyalar bo‘yicha viloyat bosh­qarmasi Namangan shahar bo‘limi bosh mutaxassisi L. Tojiboyev xususiy mulk huquqini buzib, tadbirkorlik subyekt­larining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik fao­liya­tini taftish qilish tartibiga rioya qilmagani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga shahar ma’muriy sudi raisi Jaloliddin Husenov ma’lum qildi.

Jumladan, 2018-yil 11-noyabr kuni u Namangan shahridagi “Sardoba” bozori hududida noqonuniy savdo ras­talari va pavilonlarida “tozalov” tadbirlari o‘tkazish jarayonida tadbirkor S. Ergashevga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 25 000 000 so‘m­lik polietilen mahsulotlarini olib qo‘yadi.

So‘ngra bu mahsulotni Namangan shahridagi “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasi hududida joylashgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasiga qarashli markaziy chiqindixonaga olib borib, yoqtirib yuborgan.

Bu holat yuzasidan o‘tkazilgan sud majlisida L. Tojiboyev haqiqatan ham 2018-yil 11-noyabr kuni “Sardoba” bozorida o‘tkazilgan tadbir davomida bir necha tadbirkor bozor hududi hisoblanmagan joylarda noqonuniy ravishda savdo faoliyati olib borayotganligi sababli ularga tegishli bo‘l­gan tovar-moddiy boyliklarini olib ketgani va yoqib yuborganini tasdiqlab, ushbu harakatlarni hech bir hujjatsiz amalga oshirgani, tadbirkorlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilganini tan oldi.

L. Tojiboyev bu qilmishi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan. Oqibatda tadbirkor S. Ergashevga 25 000 000 so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Namangan shahar ma’muriy sudi tomonidan ushbu ish atroflicha o‘rganib chiqildi. L. Tojiboyev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan, deb topildi.

Unga nisbatan ushbu ko­deks­ning 33-moddasini qo‘l­lab, eng kam oylik ish haqi­ning 2 baravari miqdorida, ya’­ni 405 460 so‘m jarima jazosi tayinlandi. Shuningdek, undan S. Ergashevga yetkazilgan 25 000 000 so‘m moddiy zararni undirish belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют