» » Kanadalik erkak 14 yildan buyon o‘yinchoq ekskavator va buldozerlar yordamida yerto‘la qazimoqda

Kanadalik erkak 14 yildan buyon o‘yinchoq ekskavator va buldozerlar yordamida yerto‘la qazimoqda


Kanadalik Jo Myurrey bolaligidan buyon radioboshqaruvli mashinalarga qiziqadi. Xobbi uning uyi doirasidagi noodatiy loyihaga aylandi. Myurrey 2005-yildan buyon masofadan boshqariladigan kichik ekskavatorlar, buldozerlar va yuk mashinalari yordamida yerto‘la qazimoqda. 14 yil o‘tgan bo‘lsa ham, ish hali tugagani yo‘q. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Myurreyning asl kasbi fermerlik bo‘lib, u avval chorva boqqan, endi esa donli ekinlar yetishtirmoqda. Myurrey o‘z loyihasini odatiy xobbi deb ataydi. U dastlab kichik o‘yinchoq transportlar yordamida yerto‘la bilan mustaqil shug‘ullangan. Biroq vaqt o‘tgan sari u o‘yinchoqlarga ko‘proq ishondi va ishni shunchaki muvofiqlashtirib turadigan bo‘ldi.

Myurreyning so‘zlariga ko‘ra, unda radioboshqaruvli quruvchi mashinalarning katta floti yig‘ilgan. Mashinalarning ba’zilarini u mustaqil ravishda o‘z ehtiyojlariga moslashtirgan.

Myurrey loyihani yakunlashga shoshilmayapti, unga radioboshqaruvli texnika yordamida qurilgan jarayonning o‘zi yoqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют