» » 22—24-mart kunlari Toshkentda ilk bor xalqaro yarim marafon bo‘lib o‘tadi

22—24-mart kunlari Toshkentda ilk bor xalqaro yarim marafon bo‘lib o‘tadi


22—24-mart kunlari ilk Toshkent xalqaro yarim marafoni (21 kilometr 97,5 metr) bo‘lib o‘tadi. U Navro‘z bayramiga bag‘ishlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida so‘z yuritiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Shuningdek, besh kilometrga yugurish ham o‘tkazilishi kutilmoqda. Yarim marafonning g‘olib va sovrindorlari (1—8-o‘rinlar) 3 milliondan 12 million so‘mgacha, besh kilometrga yugurishning g‘oliblari esa (1—6-o‘rinlar) 500 ming so‘mdan 2 million so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tadbirni tashkil etish va o‘tkazish uchun 1,7 milliard so‘m va 120,5 ming AQSh dollari yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Xarajatlar tashkilotlar, boshqarmalar, kompaniyalar, shu jumladan xorijiy va xayriya tashkilotlarining homiylik mablag‘lari hisobidan qoplanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 23:14)
+4 (голосов: 4)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют