» » Majburiy ijro byurosi Buxoroda aliment to‘lovchi 16 nafar qarzdorning oilasini tikladi

Majburiy ijro byurosi Buxoroda aliment to‘lovchi 16 nafar qarzdorning oilasini tikladi


MIB Buxoro viloyati bo‘limi oilaviy munosabatlarni qayta tiklash, ajrimlarning oldini olish borasida muayyan ishlarni amalga oshirmoqda, deb xabar berdi MIB matbuot xizmati.

MIB Shofirkon tuman bo‘limi ish yurituviga FIB G‘ijduvon tumanlararo sudining 2018-yil 28-iyun kunidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor O‘ktam Safoyevdan undiruvchi Munira Qudratovaning foydasiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituvida 2018-yil 12-iyulida kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.

Shuningdek, ijro harakatlari davomida aliment undiruvi to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor va undiruvchini yarashtirish, voyaga yetmagan farzandlarni qarovsiz ya’ni ota-onasiz qoldirmaslik, ularni kelajakda yaxshi komil inson sifatida voyaga yetkazish to‘g‘risida tushuntirish olib borildi.

Olib borilgan tadbir davomida qarzdor O‘ktam Safoyev va undiruvchi Munira Qudratovalar oilasi yarashtirildi.

Hozirgi kunda ushbu tadbirlar davomida Qorako‘l tumanida 3 ta, Jondor tumanida 2 ta hamda Olot tumanida 8 ta oilalar yarashtirilib, aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari ish yurituvidan tamomlandi.

Ushbu tadbir davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют