» » Mo‘ynoq tumanida zamonaviy Davlat xizmatlari markazi qurilmoqda (foto)

Mo‘ynoq tumanida zamonaviy Davlat xizmatlari markazi qurilmoqda (foto)


Qoraqalpog‘iston respublikasining Mo‘ynoq tumanida zamonaviy Davlat xizmatlari markazi qurilishi ishlari boshlandi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Bugungi kunda bu yerda 31 mingdan ortiq fuqaro istiqomat qiladi.

Yangi markazni 288 kvadrat metr maydonda barpo etish rejalashtirilgan. Davlat xizmatlari markazi bilan bir qatorda bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi joylashishi ko‘zda tutilgan.

Tartib saqlanishi uchun, xizmatlar elektron navbat tizimi orqali ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, Mo‘ynoq aholisiga qulaylik yaratish maqsadida, shinam kutish zallari, bolalar o‘yingohi va boshqa shart-sharoitlar yaratiladi.

Bir kunda 250—300 nafar fuqaroga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish rejalashtirilmoqda.

Zamonaviy DXMni Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют