» » Olimlar oshqozonosti bezi saratonini til orqali aniqlash mumkinligini ma’lum qildi

Olimlar oshqozonosti bezi saratonini til orqali aniqlash mumkinligini ma’lum qildi


Tildagi ma’lum bakteriyalarning sonidagi farq oshoqozonosti bezi saratoni shakllanishining erta bosqichida bo‘lgan odam bilan sog‘lom odamni farqlashga imkon beradi. Bu haqda Chjenszyan universiteti olimlari ma’lum qildi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.

Dastlabki tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oshoqozonosti bezi saratonida bemorlarda mikrofloraning o‘zgarishlari kuzatilishi mumkin, biroq olimlar saratonni tildagi bakteriyalar bilan birinchi marta bog‘ladi. Olimlar oshoqozonosti bezi saratonining dastlabki bosqichida bo‘lgan 30 kishi va 25 nafar sog‘lom kishini tanlab olgan.

Ularning hech biri antibiotiklar qabul qilmagan va og‘iz mikroflorasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan kasallik bilan og‘rimagan. Aniqlanishicha, tadiqiqotning sog‘lom va kasal ishtirokchilari tillarining mikroflorasidan olingan namunalar sezilarli farq qilgan. Xususan, kasallangan ishtirokchilarda Haemophilus va Porphyromonas bakteriyalarining kamayishi, Leptotrichia va Fusobacterium bakteriyalarining ko‘payishi qayd etilgan.

Ishtirokchilar soni kam bo‘lgani sababli tadqiqotchilar natijalarning yirikroq tadqiqotlarda tasdiqlanishiga ishonmoqda. Bu tildagi bakteriyalar tahlilidan tashxis testi sifatida foydalanishga imkon beradi. Bundan tashqari, olimlar mikroflora tarkibi o‘zgarishining sabablarini yanada batafsil o‘rganish davolashning yangi usullarini topishga yordam berishiga umid qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют