» » MIB Toshkent shahrida 42 ta ajrashgan oilani yarashtirdi

MIB Toshkent shahrida 42 ta ajrashgan oilani yarashtirdi


Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi tomonidan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash jarayonida taraflar bilan o‘tkazilgan huquqiy tushuntirish ishlari natijasida bo‘lim ish yurituvida mavjud bo‘lgan bir qator ijro hujjatlari bo‘yicha taraflarni o‘zaro kelishtirib, birga yashashiga erishildi. Bu haqda byuroning Toshkent shahar boshqarmasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jumladan; fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 14-sentabr 2018-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.M.dan undiruvchi Sh.M. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, Byuroning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida mazkur oilaning yarashishiga erishildi.

Undiruvchi Sh.M. tomonidan qarzdor bilan yana bir oila bo‘lib ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotganligi sababli tuman bo‘limi xodimlariga chin dildan tashakkurnoma taqdim etgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 3-noyabr 2017-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor U.P.dan undiruvchi S.B. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun to‘rtdan bir qism miqdorida aliment undirish hamda yuqoridagi sudning 6-dekabr 2017-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor U.P.dan undiruvchi S.B. foydasiga farzandi uch yoshga to‘lguniga qadar har oyda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, olib borilgan majburiy ijro harakatlari shuningdek, targ‘ibot harakatlari natijasida undiruvchi S.B. qarzdor bilan yarashib voyaga yetmagan bir nafar farzandi bilan bir oila bo‘lishiga erishildi. Bugungi kunda oila bo‘lib yashashmoqda. Farzandi esa to‘kis oila bag‘rida ulg‘aymoqda.

Bundan ta’sirlangan, shu o‘rinda oilasi tiklanganiga xursand bo‘lgan undiruvchi S.B. tomonidan qarzdor bilan birga yashayotganligi sababli bo‘lim boshlig‘i nomiga tashakkurnoma taqdim etilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 16-avgust 2018-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor R.B.dan undiruvchi O.B. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Sergeli tuman bo‘limi ish yurituviga 2018-yil 18-sentabr kuni kelib tushgan.

Byuroning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida oila yarashib bugungi kunda bir oila bo‘lib yashamoqda.

Bundan tashqari qarzdor Sh.Yu.dan undiruvchi S.Yu. ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan, qarzdor Sh.U. va undiruvchi D.U. bir nafar voyaga yetmagan farzandi bilan birgalikda bir oila bo‘lib yashashlariga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 101) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют