» » KXDRdagi provinsiya aholisi Janubiy Koreya televideniyesini tomosha qilganlik uchun o‘lim jazosi haqida ogohlantirildi

KXDRdagi provinsiya aholisi Janubiy Koreya televideniyesini tomosha qilganlik uchun o‘lim jazosi haqida ogohlantirildi


Shimoliy Koreya rasmiylari Janubiy Koreya bilan chegarada joylashgan Xvanxe provinsiyasida janubning teledasturlarini tomosha qilmaslik haqida ma’ruza o‘tkazdi. Bu haqda Daily Telegraph gazetasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Xabar berilishicha, politsiya Xvanxeda ma’ruza o‘tishni 2019-yilda boshlagan. Mutassaddilar Janubiy Koreya televideniyesini tomosha qilishdan tiyilishni talab qilgan.

Provinsiya fuqarolari Janubiy Koreya televideniyesini tomosha qilib qo‘lga tushgan taqdirda otib tashlanishi haqida ogohlantirilgan.

Shimol va janub o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashishi chegaraga yaqin shimolliklarni bunday xavfga borishga va taqiqlangan teleko‘rsatuvlarni yashirincha tomosha qilishga undagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют