» » O‘zbekiston hukumatining yangi tizimi joriy etildi

O‘zbekiston hukumatining yangi tizimi joriy etildi


Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Bosh vazirning o‘rinbosarlari — iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha komplekslari rahbarlari lavozimlari, shuningdek, ularning apparatlari (kotibiyat) tugatiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qaror bilan Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti;

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish komplekslari, tarmoqlari va sohalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentlari ham tugatildi.

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga:

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Transport vaziri;

Bosh vazirning o‘rinbosari — Moliya vaziri;

Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

Bosh vazirning o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

Bosh vazirning yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlari kiritildi.

Vazirlar Mahkamasi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 178 nafar bo‘lgan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют