» » APL. Arsenal yutdi, Manchester Yunaytedda durang, Manchester Siti esa yutqazdi (video)

APL. Arsenal yutdi, Manchester Yunaytedda durang, Manchester Siti esa yutqazdi (video)


29-yanvar, seshanba kuni Angliya chempionatining 24-tur bahslari doirasida 6 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unai Emeri qol ostidagi Londonning Arsenal klubi oz maydonida Kardiff jamoasi bilan bellashdi.

Barcha gollar oyinning 2-bolimida urildi. 66-daqiqada Pyer-Emerik Obameyang penaltidan hisobni ochgan bolsa, 83-daqiqaga kelib Aleksandr Lyakazett hisobni 2:0 korinishiga olib keldi. Uchrashuvning songgi daqiqalarida Nataniel Mendes-Laing Kennet Zohore uzatga topni londonliklar darvozasiga joylab qoydi. Oyin 2:1 hisobida topchilar foydasiga tugadi.

Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi Manchester Yunayted klubi Old Trafford stadionida Byornli bilan jang qildi.

Uchrashuvning 51-daqiqasida Eshli Barns David de Xea qoriqlayotgan darvozaga gol urib hisobni ochdi. 81-daqiqada esa Byornli hujumchisi Kris Vud jamoasining 2-goliga mualliflik qildi. Oradan 6 daqiqa otib, hakam tomonidan mehmon jamoa darvozasi tomon penalti belgilandi va Pol Pogba 11 metrli jarima zarbasidan darvozani aniq nishonga oldi va hisobni qisqartirdi. Oyinning oxirgi daqiqalarida Viktor Lindelyof raqib darvozasini ishgol qildi va jamoasini maglubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa Manchester Yunayted oz uyida Byornli bilan durang oynadi (2:2) va 1 ochkodan bolishib oldi.

Ushbu turda musobaqa jadvalida 2-orinda borayotgan Manchester Siti klubi Nyukasl maydoniga safar qildi.

Oyinning 1-daqiqasidayoq shaharliklar hujumchisi Serxio Aguero hisobni ochdi (1:0).

2-bolimning 66-daqiqasida Nyukasl hujumchisi Sulaymon Rondon Isaak Hayden uzatmasini golga aylantirgan bolsa, 80-daqiqaga kelib Mett Richi 11 metrli jarima zarbasidan Ederson Moraes darvozasiga gol urdi va oyinga yakun yasadi.

Shu tariqa Xosep Gvardiola shogirdlari safarda Nyukaslga maglub boldi va ochko yoqotdi.

APL

24-tur bahslari

29-yanvar, seshanba

Gollar: 1:0 66, penalti, Obameyang, 2:0 83 Lyakazett, 2:1 90 Mendes-Laing.

Gollar: 0:1 3 Marrey, 0:2 17 Marrey, 1:2 47 Cheymbers, 2:2 58 Mitrovich, 3:2 74 Mitrovich, 4:2 79 Vyetto.

Gollar: 0:1 3 Pisharlison.

Gollar: 1:0 66 Saiss, 2:0 80 Himenes, 3:0 86 Himenes.

Gollar: 0:1 1 Aguero, 1:1 66 Rondon, 2:1 80, penalti, Richi.

Gollar: 0:1 51 Barns, 0:2 81 Vud, 1:2 87 Pogba, 2:2 90 Lindelyof.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (30-01-2019, 09:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
:
-
:
20 ... -