» » Italiya Kubogi. Pyontekning dubli “Milan”ni yarim finalga olib chiqdi (video)

Italiya Kubogi. Pyontekning dubli “Milan”ni yarim finalga olib chiqdi (video)


29-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya Kubogining 1/4 finalida dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Unda Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” jamoasi o‘z maydonida Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” klubi bilan jang qildi.

Uchrashuvning 10 va 27-daqiqalarida “Jenoa”dan “Milan” tarkibiga yaqindagina kelib qo‘shilgan Kshishtof Pyontek gol urdi va dublga erishdi. Mazkur hisob o‘yin oxiriga qadar saqlanib qoldi.

Shu tariqa milanliklar “Napoli” darvozasiga javobsiz 2 ta gol urdi va musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.

Italiya Kubogi

1/4 final bahslari

29-yanvar, seshanba

Gollar: 1:0 — 10 Pyontek, 2:0 — 27 Pyontek.

“Milan”: Donnarumma, Romanyoli, Musakkyo, Abate, Laksalt, Lukas Paketa (Rodriges, 85), Bakayoko, Kastilyexo, Kessie, Borini (Chalxano‘g‘lu, 60), Pyontek (Kutrone, 79).

“Napoli”: Meret, Maksimovich, Gulyam, Malkyui (Kalyehon, 85), Kulibali, Allan (Una, 46), Diavara (Mertens, 58), Fabian Ruis, Zelinski, Insinye, Milik.

Ogohlantirishlar: Malkyui (29), Milik (35), Kulibali (40).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют