» » O‘zbekistonda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi

O‘zbekistonda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi


Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi. Bu Prezidentning “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Farmonga muvofiq, Tashqi savdo vazirligining vakolatli vakillari va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari negizida vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.

Vazirlik Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Vazirlik:

Yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, xorijiy, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishni muvofiqlashtirish, xalqaro moliya institutlari (boshqaruv ofislari) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, shuningdek, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan o‘rta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi asosida hududlar va tarmoqlarning rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi;

Mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish doirasida vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda eksportni qo‘llab-quvatlash strategiyasini, shu jumladan, uni rag‘batlantiruvchi instrumentlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlarining jalb qilinadigan kredit resurslari va texnik ko‘maklashish vositalari (grantlari)dan, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan markazlashgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют