» » Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar bo‘yicha chora ko‘radi

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar bo‘yicha chora ko‘radi


Internet tarmog‘ida 26-yanvar kuni soat 13:00 da Yunusobod tumani Usta Shirin va Ahmad Donish ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasining rasmlari tarqalgan, deya xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot markazi.

30 yoshli Spark avtomobili haydovchisi Komil B. 29 yoshli samarqandlik Fazliddin X. boshqargan Nexia avtomobili bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida Nexia haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

YTH sabablari o‘rganilmoqda.

Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o‘z izohlarida yo‘l infratuzilmasi holati bo‘yicha shikoyat bildirgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari ushbu hududdagi yo‘l infratuzilmasining holatini o‘rganib chiqdi. Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Yo‘l harakatini boshqaruv texnik vositalar o‘rnatish va foydalanish departamentiga amaldagi svetoforning ish tartibini o‘zgartirish va transport vositalari va piyodalar uchun qo‘shimcha svetoforlar o‘rnatish bo‘yicha yozma ko‘rsatma yo‘naltirildi.

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Yo‘l harakatini boshqaruv texnik vositalar o‘rnatish va foydalanish departamentiga YHXB Yo‘l harakatini tashkil etishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan 2018-yilda svetofor, yo‘l belgilari, yo‘l chizmasi chizish bo‘yicha quyidagi ko‘rsatmalar yo‘naltirilgan:

yo‘l belgilari o‘rnatish — 503 (434 tasi bajarilgan)

yo‘l belgilarini alishtirish — 26

yo‘l belgilarini qayta tiklash — 43

yo‘l belgilarini olib tashlash — 109

yo‘l chizmasini chizish — 93

svetofor o‘rnatish — 25

svetoforlarning ish tartibini o‘zgartirish — 41

svetoforning joyini o‘zgartirish — 10

svetoforni demontaj qilish — 15

svetoforlarni qayta ta’mirdan o‘tkazish — 22

“yordam tugmasi” moslamasini o‘rnatish — 3

svetoforlarni svetiodlilarga almashtirish — 50.

Shuningdek ishlab turgan svetoforlar, yo‘l belshilari va chizmalarini almashtirish va qayta tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar yo‘naltirilgan:

yo‘l belgilarini almashtirish — 93 (86 tasi bajarilgan)

yo‘l belgilarini qayta tiklash — 175 (165 tasi bajarilgan)

yo‘l belgilarini yechish — 25

yo‘l belgilarining o‘rnatilgan joyini o‘zgartirish — 16

yo‘l belgilarini qayta tiklash — 15

yo‘l chizmalarini qayta tiklash — 308

svetoforlarni qayta tiklash — 12

“yordam tugmasi” moslamasini qayta tiklash — 10.

“Haydovchi va piyodalardan yo‘l belgilari, svetoforlar va chizmalar to‘g‘risidagi barcha savollarni Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Yo‘l harakatini boshqaruv texnik vositalar o‘rnatish va foydalanish departamentining Dispetcherlik xizmatiga quyidagi telefon raqamlari orqali yo‘naltirish mumkin bo‘lgan telefon raqamlar taqdim etilgan: 71-281-52-58, 71-281-52-88, 71-297-77-32, 71-297-77-32.

Yo‘l qoplamasi, yo‘l inshootlari (ko‘priklar, tunnellar, yo‘l o‘tkazgichlari, trotuarlar) to‘g‘risidagi savollar bilan Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga Chilonzor tumani, Olmazor ko‘chasi, 127-uydagi manzilga va 71-227-47-21, 71-227-47-59, 71-227-48-11 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.

Ko‘chalarning yoritilishi to‘g‘risidagi savollar bilan “Toshshaharnur” DUKga Qumariq ko‘chasi, 3-uy manzili yoki 71-250-57-57 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin”,— deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют