» » “Undan eshitgan so‘zlarni hattoki eng qo‘pol erkaklardan ham eshitmaganman”. 38 yoshli firibgar ayoldan jabrlanganlar ko‘rsatma berdi

“Undan eshitgan so‘zlarni hattoki eng qo‘pol erkaklardan ham eshitmaganman”. 38 yoshli firibgar ayoldan jabrlanganlar ko‘rsatma berdi


Internet tarmoqlarida, “O‘zxalqharakati.com” saytida Shahnoza Boyqunusova nomidan murojaat tarqatilayotgani va unda ayol aybdor deb topilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv noxolis olib borilganligi, protsessual hujjatlar esa go‘yoki soxtalashtirilganligi ta’kidlanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Shahnoza Boyqunusovaning jinoiy harakatlaridan jabrlanganlar va uning internet tarmog‘idagi xabarlaridan g‘azablanganlar Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markaziga intervyu berishga rozi bo‘lib, o‘z fikrlarini bildirdi. IIBB matbuot xizmati taqdim etgan maqola quyida to‘lig‘icha keltiriladi.

Gapni 2016-yildan boshlasak, aynan shu yili Shahnoza Boyqunusova o‘z jabrlanuvchilari bilan tanishgan. Naqdsiz to‘lov turi rivojlanishi va o‘sha yillarda mavjud bo‘lgan bank plastik kartochkalaridagi mablag‘ni naqd qilish muammosi firibgarlar uchun qulay daromad turiga aylandi. Ikki-uch yil oldin odamlar “plastikdagi” pulni ma’lum foiz evaziga naqd qilib beradigan shaxslarni izlashardi. Ammo “naqd qilish operatsiyasi” hamma uchun ham ijobiy yakunlanmas edi. Xuddi Shahnoza Boyqunusovaning firibgarlik harakatlaridan jabr ko‘rgan besh nafar fuqarolar kabi:

“Ikki yil oldin, 2016-yilning avgust oyida lizing kompaniyasi direktori bo‘lib ishlagan davrimda, Zafar Usmonov ismli eski hamkasbim mendan 396 million so‘m pulni plastik kartadan 15 foiz evaziga yechib berishni iltimos qildi. Men rozi bo‘ldim. Yarim pulni o‘z vaqtida, qolganini esa 10 kun ichida yetkazib berishlariga kelishdik. Ammo hatto pulning birinchi qismini ham uch oy davomida bo‘lak-bo‘lak holda oldim! Avval pulni Zafar keltirardi, u Shahnoza bilan birga uning mashinasida kelar edi. Keyinchalik ikki marta Shahnozaning o‘zi keldi. Uning muomalasi muloyim edi: pulni olish uchun uning mashinasida borar edik, keyin u meni mashinamni qoldirgan joyimga olib borib qo‘yar va yana sabr qilishni iltimos qilar edi. Ammo pulni ikkinchi qismini tezroq berishini talab qilganimda, Shahnoza hammasini Zafarga to‘nkab, mening pullarimni unga berganligini aytdi. Shundan keyin u o‘zining asl qiyofasini ko‘rsatdi: haqorat qilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga unga nisbatan tovlamachilik qilayotganim haqida ariza yozaman deb qo‘rqitmoqchi bo‘lar edi. U o‘z va’dasida turdi: meni u ariza yozgan barcha ichki ishlar bo‘limlariga chaqirishardi. Men o‘zim tomonimdan 2017-yilning mart oyida Shayhontoxur tumani IIO FMBga yozilgan arizani ko‘rsatganimdan keyin, qo‘yib yuborishar edi. Boyqunusova meni asablarimni charchatishda hozirgacha davom etmoqda. U turli xil yo‘llar bilan tergovni cho‘zishga harakat qilar edi: tergovchilardan arz qilar, sudyalarga raddiya bildirar edi... To‘g‘risini aytsam, men bu hodisalardan charchadim. IIBB xodimlari bu ayolni firibgarligini fosh etishgani meni xursand qildi. Tergovchilar o‘z ishlarini ustalik bilan olib borishdi, ularning bardosh va sabrlariga havas qilsa arziydi. Afsuski, bu firibgarning dastidan jabr ko‘rganlarning hammasi ham ariza yozmadi. Boyqunusova 15 yoki 20 millionga aldagan yana bir insonni taniyman. Ammo uning bu kabi shaxs bilan aloqa qilish niyati yo‘q. Ariza yozgan boshqa jabrlanganlardan eshitishimcha, Boyqunusovaga aldanganlarning soni ko‘p. Uni ko‘plar taniydi. Bu hodisalarni ommaga chiqarib to‘g‘ri yo‘l tutildi. Intervyuga haqiqatni aytish uchun kelganimni qayd etib o‘ting. Bu ishda u bilan telefon orqali so‘zlashuvimizning 11 ta audioyozuvi bor. Boyqunusova aslida kimligini bilganim zahoti suhbatlarimizni yozib yurdim”, – deydi jabrlanuvchi Ildar Minullin.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar jinoiy ishlar bo‘yicha sudining apellyatsion bosqichi qarori bilan Zafar Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bo‘yicha aybdor deb topilib, unga nisbatan 1 yil 5 oy 18 kun muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb qilish va oylik maoshining 20 foizini davlat hisobiga undirish jazosi qo‘llanildi.

Ildar Minullindan tashqari, besh nafar jabrlanuvchilarning har biri bo‘lib o‘tgan voqealar haqida so‘zlab berdi. Faqat ulardan biri Qashqadaryo viloyatida bo‘lganligi sababli yetib kela olmadi.

“Shahnoza menga o‘zini ‘Dori darmon’ dorixonalar tarmog‘i egasi deb tanishtirdi. U odatda Sharof Yusupov ismli sherigi bilan kelib, mashinasidagi korobkalarda dorilar borligini aytardi, shu sababli unga ishonishim oson bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari u dorixonalarga qaysi dorilar kerakligini aniqlab olish uchun kirishini tushuntirardi. U asli ‘Dori darmon’ korxonasiga aloqasi yo‘qligini keyinchalik, sud jarayonida ushbu korxona vakillari ko‘rsatma berganlarida bildim. Aslida esa u dorixonalarga plastik kartochkasining balansini tekshirishga kirar ekan. Men unga to‘rtta plastik kartochkalarni berdim, uchtasini – o‘z qo‘liga, bittasini esa sherigi Sharof Yusupov orqali berib yubordim”, – deydi 39 yoshli Kamoliddin Ortiqov.

Jinoiy ish materiallaridan ma’lumot uchun: jabrlanuvchi Kamoliddin Ortiqov jami 88 million 700 ming so‘mdan 61 million so‘mni “yo‘qotdi”.

“Oxirgi plastik kartochkani Kamoliddindan men oldim, buni mendan Shahnoza iltimos qilgan edi. U Kamoliddindan uchta plastik kartochkalarini olib ulgurganligini ammo pullarni to‘liq bermaganligini aytib, Kamolliddinda unga bo‘lgan ishonch yo‘qolganligini aytdi”, — deydi shartli mahkum Sharof Yusupov.

Sharof Yusupovni Mirobod tumani jinoiy ishlar bo‘yicha sudi 2018-yilning may oyida aybdor deb topib unga nisbatan 2 yil muddatga shartli ravishda jazo qo‘lladi.

“U pullarni bo‘lak-bo‘lak qilib berardi. Avvali men uning tijoratdagi qiyinchiliklari haqidagi gaplariga ishonar edim, u ham men bilan yaxshi muomalada bo‘lar edi. Men hatto o‘z tanishimga uni tavsiya etganman. Bundan tashqari uni gaplashish madaniyati ham tezda o‘zgardi, ayniqsa men undan Sergeli tumani prokuraturasiga arz qilganimdan keyin. Undan eshitgan so‘zlarni hattoki eng qo‘pol erkaklardan ham eshitmaganman”, – deydi Kamoliddin Ortiqov.

Kamoliddin Ortiqov Shahnozani Bilolov M.ga pullarni naqd qilish uchun tavsiya qilgan edi. U Shahnozaga hisobida 94 million so‘m bo‘lgan plastik kartochkasini berdi.

“U ayol menga faqat 38 million so‘mni qaytarib berdi. Tergovda esa u hamma narsani rad etdi! Meni esa hattoki tanimasligini aytdi! Mening esa guvohim bor. U Shahnozaga kartochkani berganimda yonimda edi, men bilan Shahnoza bilan uchrashishga borar edi. Bu firibgar ayol tergov va sudni sun’iy ravishda cho‘zishi sababli, meni goh tergovga, goh sudga chaqirishardi – bu holat esa onamning salomatliklariga salbiy ta’sir qildi. Otam mening oldimga shart qo‘ydi: yo pullarim uchun kurashishda davom etaman, yo onamni salomatliklari uchun hammasini unutaman. Men, albatta, ikkinchi yo‘lni tanladim va sudda firibgarga nisbatan hech qanday da’voim yo‘qligini bildirdim. Ammo men uning jinoyatchi ekanligini yaxshi bilaman. U albatta sodir etgan barcha noqonuniy harakatlari uchun javob berishi kerak. Men Shahnozaning internetda yozgan xabarlarini o‘qidim – barchasi safsatadan boshqa narsa emas. Unga quloq solsak, u bizni emas, biz uni aldagan bo‘lib qolamiz. Shaxsan men olib borilgan tergov jarayonidan mamnunman. Men, tergovchi Shahnoza bilan suhbatlashayotganiga guvoh bo‘ldim: hech kim unga nisbatan ovoz ko‘tarmadi, qo‘pol muomalada bo‘lmadi. Aksincha, u o‘zini noo‘rin tutar edi”, — deydi Kamoliddin Ortiqov.

Shahnoza Boyqunusovaga hisobida 95 million 970 ming so‘m bo‘lgan plastik kartochkalarini bergan Hamid S. (uning iltimosiga binoan to‘liq ismini keltirmadik) bir yil davomida huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmaganligini aytdi. Boisi – firibgar ayol uning ustidan arz qilish bilan qo‘rqitar edi.

“Plastik kartadan pulni 15 foiz evaziga yechish uchun javobgarlik bor edi. Shahnoza meni aynan shu bilan qo‘rqitar edi. Mening esa oilam, ikki nafar farzandim borligi to‘xtatar edi. Keyinchalik esa chiday olmadim, “bo‘lar ish bo‘ldi” deya ariza yozdim. Shaxsan men IIBB xodimlariga firibgar javobgarlikka tortilgani uchun minnatdorman. U shu jazoga loyiq. Internet orqali bizni butun dunyoga yolg‘onchi qilib ko‘rsatib, tuhmat qilgani uchun ham qonun oldida javob berishi kerak”, – deydi Hamid.

Xususan, jabrlanuvchilardan biri Toshkent shahar IIBBga ariza bilan murojaat qilib, Shahnoza Boyqunusovaning internet tarmog‘ida chop etgan tuhmatlari uchun unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rar edi. Bu kabi xabarlarni internetda e’lon qilinishini sababi ma’lum: jamiyatda huquqni muhofaza qiluvchi organlariga qarshilik kayfiyatini uyg‘otish, sodir etgan qilmishiga yarasha jazodan qochishga harakat qilish yoki hech bo‘lmaganda muqarrar jazoni kechiktirish.

Endi esa Shahnoza Boyqunusovaning savollariga javob bersak. Birinchidan, uning I.Minullin, K.Artikov va M.Bilolovga nisbatan firibgarlik jinoyatini sodir etganligi faktlari bo‘yicha qonunan kuchga kirgan Mirobod tumani jinoiy ishlar bo‘yicha sudining hukmi mavjud.

A.Aminov va X.Sadikovlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha Shayxontoxur tumani jinoiy ishlar bo‘yicha sudi 2018-yil 18-oktabr kuni Shahnoza Boyqunusovani 2 yil 2 oy 13 kun muddatiga axloq tuzatish ishlariga oylik ish haqining 20 foizini davlat hisobiga undirish sharti bilan hukm etdi. Ammo keyinchalik Sh.Boyqunusova sud hukmidan norozi bo‘lib shikoyat arizasini berdi.

Ikkinchidan, jinoiy ish bo‘yicha olib borilgan tergov ishlarining yakuniga ko‘ra, prokuratura organlari tomonidan qonunan tasdiqlangan ayblov xulosasi tuzildi. Yuqorida qayd etilganidek, birinchi instansiya sudi tomonidan jinoiy ish ko‘rib chiqilib, prokuratura organlari tomonidan ham, sud organlari tomonidan ham tergovchi protsessual xatolarga yo‘l qo‘yganligi yoki u tomonidan jinoyatga yo‘l qo‘yilganligining alomatlari topilmadi.

Dastlabki tergov muddatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, avvalo jinoiy ish firibgarlik fakti asosida qo‘zg‘atilan edi, shaxsan Shahnoza Boyqunusovaga nisbatan emas. Shu sababli, jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlaguncha jinoiy ish to‘xtatilib, yana davom etardi. Tergov natijalariga ko‘ra Shahnoza Boyqunusova ayblanuvchi sifatida jalb qilinib, unga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan edi.

Maqolada Shahnoza Boyqunusova va uning sheriklari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha olib borilgan jinoiy ishlarda ko‘rsatilgan pul mablag‘larining umumiy qiymati ko‘rsatildi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sizdan Shahnoza Boyqunusovaning suratini e’tibor bilan ko‘zdan kechirishni so‘raymiz. Agar siz rasmda sizdan plastik kartochkalar olib naqd qilib berishda yordam berishni va’da qilgan ayolni tanigan bo‘lsangiz, bu haqda yaqinda joylashgan Ichki ishlar bo‘limiga, Toshkent shahar IIBBga yoki ‘102’ telefon raqami orqali xabar bering”, — deyiladi maqolada.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют