» » Virjiniyadagi hayvonot bog‘ida birvarakayiga yettita gepard tug‘ildi (foto+video)

Virjiniyadagi hayvonot bog‘ida birvarakayiga yettita gepard tug‘ildi (foto+video)


AQShning Virjiniya shatatidagi Metro Richmond nomli hayvonot bog‘ida Veyla laqabli noyob gepard birvarakayiga yettita bola tug‘di, deya xabar berdi National Geographic.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday holat faqat bir foiz hollardagina uchraydi. Veylada esa bunday bolalash ikkinchi marta kuzatilyapti.

Gepardlarda homiladorlik 95 kungacha davom etadi va ikkitadan oltitagacha bola tug‘iladi. Aslida esa bu holat ham kam uchraydi. Chunki hamma hayvonot bog‘lari ham bunga yetarlicha sharoit yaratib bera olmaydi.

Tug‘ilgan gepard bolalarining tirik qolishi ham yana bir muammo hisoblanadi. 2016-yilda Veylaning yettita bolasidan ikkitasi tug‘ilib nobud bo‘lgan: biri tug‘ma nuqson sababli, ikkinchisi infeksiya oqibatida.

Uning 2018-yilning noyabr oyida tug‘ilgan bolalari esa ancha katta bo‘lib qolgan va butunlay sog‘lom.

Gepard yana homilador bo‘lib, uning bolalari mart oyida tug‘ilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют