» » OAV: IShID yetakchilari jangarilarga Mosuldan Rakka yo‘nalishida chekinishni buyurdi

OAV: IShID yetakchilari jangarilarga Mosuldan Rakka yo‘nalishida chekinishni buyurdi


IShID terrorchilik guruhi yetakchilari jangarilarga zudlik bilan Mosulni tark etish va IShID nazorati ostidagi Rakkaga yo‘l olishni buyurdi. Bu haqda “As-Sumariya” telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Telekanalning ma’lum qilishicha, Rakkada joylashgan IShID rahbariyati “xalifalik armiyasi” — terrorchilarning Mosuldagi dala qo‘mondonligiga shaharni tark etish, shtab-kvartiralarni yo‘q qilib, jangarilarni safarbar qilish va imkon boricha tezroq Suriyaga qarab harakatlanish haqida buyruq berdi.

IShIDning Iroqdagi “poytaxti” hisoblangan Mosulni ozod qilish bo‘yicha kampaniya 2016-yilning 17-oktabrida boshlangan edi. Yanvar oxirida Sharqiy Mosul hukumat nazorati ostiga o‘tdi, 19-fevral kuni esa bosh vazir Haydar al-Obodiy G‘arbiy Mosulga hujum boshlashga ruxsat berdi.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 51) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют