» » Qarshida Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

Qarshida Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi


Qashqadaryo viloyat hokimligi yonida qad rostlagan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Bugun, 30-yanvar kuni respublikaning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludiga 81 yil to‘ldi. Ushbu kun munosabati bilan yig‘ilgan qashqadaryolik mehnat faxriylari, hokimiyat vakillari va huquqni muhofazza qiluvchi organlar prezident xotirasini yod etib, Islom Karimovning Qashqadaryo viloyati xalq farovonligi yo‘lida qilgan mehnatini e’tirof etdi.

“Birinchi Prezidentimiz doimo qalbimizda, – deydi tadbir ishtirokchilaridan biri, jurnalist Sherzod Bolliyev. – U kishining viloyatimiz aholisi farovonligi uchun qilgan xizmatlari evaziga bugun qashqadaryoliklar farovon yashamoqda. Birinchi prezidentimiz har bir gapida biz qashqadaryoliklarni mard va tanti xalq deya bizga mehri o‘zgacha ekanligini bot-bot takrorlardi. Biz bundan faxrlanamiz, albatta”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют