» » O‘zbekistonda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va Texnologik rivojlanish agentliklari tashkil etildi

O‘zbekistonda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va Texnologik rivojlanish agentliklari tashkil etildi


Prezident qaroriga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida bir qator yangi tuzilmalar tashkil etiladi.

Jumladan:

Idoralararo bojxona-tarif kengashini tugatgan holda Tarif va notarif tartibga solish kengashi;

Chet el investorlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash va huquqiy ko‘mak berish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni hal etish, zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ularga xizmat ko‘rsatish uchun Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi;

Ilg‘or xorijiy texnologiyalarni izlab topish, jalb qilish va joriy etishga, ilmiy ishlanmalarni ekspertiza qilish, ularning miqyosini kengaytirish va tijoratlashtirishning samarali tizimini yaratish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiquvchi va joriy etuvchi korxonalarga davlat tomonidan ko‘mak berish mexanizmlarini shakllantirish maqsadida Texnologik rivojlanish agentligi tashkil etiladi.

2019-yil 1-iyuldan boshlab investorlar bilan o‘zaro aloqalar “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshiriladi, uning doirasida salohiyatli investorlarga konsultatsiya berish, ularning davlat xizmatlaridan foydalanishi, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga ulanishida yordamlashish, shuningdek, investitsiya shartnomalarini tuzishda ko‘maklashish borasidagi ishlar bajariladi.

2019-yil 1-iyunga qadar salohiyatli investorlarni qiziqtiruvchi dastlabki hisob-kitoblarga ega aniq loyihalar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda har bir hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiya hajmiga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiruvchi O‘zbekiston Respublikasining interaktiv investitsiyaviy xaritasi ishlab chiqiladi.

Vazirlikka Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “O‘zbekoziqovqatxolding” XKni tugatish choralarini ko‘rish va ushbu sohada o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilot tuzish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют