» » O‘zbekistonda birinchi rasmiy “Shell” xizmat ko‘rsatish markazi ochildi

O‘zbekistonda birinchi rasmiy “Shell” xizmat ko‘rsatish markazi ochildi


2018-yilning 1-noyabrida Oil Group Uzbekistan korxonasi “Shell” korxonasining rasmiy makro distribyutori Global Trade Co bilan shartnoma imzoladi va “Shell”ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutoriga aylandi.

Ushbu hamkorlik tufayli O‘zbekistonda birinchi marotaba “Shell” moylash vositalarini sotish va almashtirish bo‘yicha rasmiy xizmat ko‘rsatish markazi ochilmoqda.

2019-yilning 30-yanvarida faqatgina asl “Shell” mahsulotlari bilan ishlaydigan birinchi rasmiy moy almashtirish (avtomobillarga xizmat ko‘rsatish) shoxobchasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

“Shell” konsernining faoliyati neft va gaz sohasi bo‘yicha geologiya-razvedka va energiya resurslaridan boshlab, tayyor mahsulot sotish va innovatsion texnologiyalarni yaratish kabilarni qamrab oladi. “Shell” brendi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida iste’molchilarni yuqori sifatli motor moylari bilan ta’minlovchi dunyoning 1-sonli moylash vositalari yetkazib beruvchisidir.

“Shell”ning O‘zbekistondagi birinchi markazida avtomobil haydovchilari uchun yechimlar taklif qilingan: yengil avtomobilar uchun “Shell Helix” moylar to‘plami va yengil yuk mashinalari va yuk mashinalari uchun dvigatelni kuchaytirilgan dinamik himoyalovchi texnologiyasiga asoslangan “Shell Rimula” moylar to‘plami.

“Shell Helix” moylari Amerikaning Sequence VG usuliga asoslangan minglab motosoat sinovlaridan o‘tkazilgan: motorlar maxsus stendlarga o‘rnatiladi va turli dasturlar bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Mahsulot eskirish va porshenlarda to‘planadigan vositalar, kulachokli taqsimlovchi valning ishqalanishi, zanglash va podshipniklarning esikirishi, yoqilg‘ini tejash, hamda dvigatelning qismlarida himoya plenkasini hosil qilish imkoniyati bo‘yicha sinovlardan o‘tadi.

“Shell Rimula” moyi benzinli va dizelli dvigatellar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qiyin sharioitlarda yuqori yo‘l bosish va yuklamalarni inobatga olgan holda foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Ular samarali ravishda yedirilishga chidamli bo‘lib, texnik xizmat ko‘rsatishga ketadigan harajatlarni kamaytiradi va yoqilg‘ini tejaydi.

“G‘amxo‘r haydovchi har doim asl, yuqori sifatli moylarni tanlaydi, chunki bu motorning uzoq va ishonchli ishlashi garovidir. Soxta mahsulot ishlab chiqaruvchilar arzon tarkibiy qismlar, hatto ishlatilgan moylash vositalaridan foydalanishadi, bu bo‘lsa dvigatelning tez-tez ishdan chiqishi va qimmat bo‘lgan ta’mirlashlardan foydalanishga sabab bo‘ladi. “Shell”ning rasmiy vakili sifatida biz motor moylarimizning aslligini kafolatlaymiz. Oil Group Uzbekistan ustalari (mutaxassislari) “Shell”ning Yevropadagi eng yirik xizmat ko‘rsatish markazlarida amaliyot o‘tamoqdalar va o‘taydilar, va sizning avtomobilingiz turi, ishlab chiqarilgan yili va ishlash sharoitlarini hisobga olgan holda moylash vositalarini tanlay oladilar. Yaqin kelajakda “Shell”ning xorijiy mutaxassislari tomonidan master-klasslarni O‘zbekistonda o‘tkazishni tashkillashtirish rejasidamiz”, - deydi “Shell” xizmat ko‘rsatish markazining menedjeri Vladimir Umarov.

Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rasmiy markaz Yunusobod tumani, Yunus ota ko‘chasi, 19-dahada joylashgan. Mo‘ljal: “Uzmaloil ” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, “Avtoritet” do‘koni.

Markaz ochilishi munosabati bilan 2019-yilning fevral oyi oxirigacha avtomobil moylarini almashtirish bo‘yicha xizmatlar bepul amalga oshiriladi. Bundan tashqari, “Shell” xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassislari har bir tashrif buyuruvchiga “Shell” savdo belgisining moylovchi mahsulotlari xususiyatlari va afzalliklari to‘g‘risida ma’lumot beradilar.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют