» » Yaponiya Kuril orolining janubiy qismi uchun o‘z suverenitetini da’vo qilmoqda

Yaponiya Kuril orolining janubiy qismi uchun o‘z suverenitetini da’vo qilmoqda


Yaponiya suvereniteti “barcha shimoliy hududlar”ni (u yerda Janubiy Kuril orollari shunday nomlanadi) o‘z ichiga qamrab oladi, deb hisoblamoqda. Bu haqda 30-yanvar kuni Yaponiya parlamenti quyi palatasi muzokaralarida Bosh vazir Sindo Abe ma’lum qilgan, deb xabar berdi TASS.

“Shimoliy hududlar — bu bizning suverenitet amal qiladigan hududdir. Bu boradagi pozitsiyamizda o‘zgarishlar yo‘q”, — deb ta’kidlagan Abe.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Yaponiya hukumatining izchil pozitsiyasi “barcha to‘rt orollar” (Yaponiya Xabomai deb ataydigan Kunashir, Iturup, Shikotan va bir guruh orollar)ning kimga tegishliligini aniqlash va shu asosda tinchlik shartnomasini imzolashdan iborat.

Moskva va Tokio bir necha o‘n yillar davomida Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu boradagi asosiy to‘siq Kuril orolining janubiy qismiga egalik huquqini belgilash bo‘lmoqda. Urush tugagach, butun arxipelag Sobiq ittifoq tarkibiga kiritilgan. Biroq Tokio Yaponiya Xabomai deb ataydigan Iturup, Kunashir, Shikotan va bir nechta mayda orollar guruhi kimga tegishliligi borasida bahslashishda davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют