» » Venesuela Oliy sudi Guaydoga mamlakatni tark etishni taqiqladi

Venesuela Oliy sudi Guaydoga mamlakatni tark etishni taqiqladi


Venesuela Oliy sudi muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoga mamlakatni tark etishni taqiqlagan va mamlakat hududidagi bank hisob-raqamlarini yopib qo‘ygan, deya xabar beradi “Kommersant”.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hozircha Xuan Guaydoni hibsga olish uchun order yo‘qligini aytgan.

“Ichki konstitutsiyaviy va sud jarayonlari bo‘yicha natijalar qanday bo‘lishini kutaylik. Davlat rahbari sifatida men hozirda konstitutsiyaning buzilishi, davlat to‘ntarilishi ketyapti degan fikrdaman. Biroq bu davlat rahbarining fikri xolos. Qarorni prokuratura va sudlar qabul qiladi”, — deydi u.

Avvalroq, Bosh prokuror Vilyam Saab janob Guaydoga nisbatan “konstitutsion tuzumni buzganlik uchun jiddiy jinoyatlar”ga aloqador sifatida tergov boshlanganini aytgan.

Keyinchalik AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton departament qarorini qoralagan va siyosatchiga zarar yetkazganlarni “jiddiy oqibatlar” kutayotgani bilan tahdid qilgan.

23-yanvar kuni Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini vaqtincha prezident deb e’lon qilgan. Uni Qo‘shma Shtatlar, Kanada va bir nechta Yevropa mamlakatlari qo‘llab-quvvatlagan. Armiya hozircha prezident Nikolas Maduroning tomonida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют