» » O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri investitsiya jalb qilish masalasida videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri investitsiya jalb qilish masalasida videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi


29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov TIV hay’ati a’zolarining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Tadbir mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani jalb qilish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni eksportini oshirish, turistlar oqimini ko‘paytirish va O‘zbekistonning xorijiy diplomatik vakolatxonalariga biriktirilgan mintaqalar iqtisodini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidentining topshiriqlarini bajarishga bag‘ishlandi.

Majlisda O‘zbekistonning xorijiy diplomatik vakolatxonalari rahbarlari videoaloqa orqali ishtirok etdi.

Vazir o‘z nutqida ta’kidlaganidek, 2018-yil 11-yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev Vazirlik Markaziy apparati va O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va boshqa tuzilmalar bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.

Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi va 2019-yil 8-yanvar kuni o‘tkazilgan joriy yil uchun investitsiya dasturiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari ushbu yildagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari va aniq maqsadlarni belgiladi.

Majlisda O‘zbekistonning qator elchilari hisobotlari tinglandi.

Tanqidiy tahlil natijalariga ko‘ra, Markaziy apparat va xorijdagi muassasalariga davlat rahbarining 2019-yilga mo‘ljallangan topshiriqlarini so‘zsiz bajarish bo‘yicha muayyan vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi Viktor Mahmudov ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют