» » Uy-joy qurish uchun yer uchastkalari auksion orqali sotiladi

Uy-joy qurish uchun yer uchastkalari auksion orqali sotiladi


Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, endilikda, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini olish elektron auksionlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi, deya xabar beradi “Spot”.

0,04 gektar va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi E-ijro auksion orqali sotiladi.

Ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi hamda komissiya tomonidan o‘n kunda ko‘rib chiqiladi.

Komissiya ijobiy xulosa chiqarsa hokim yer uchastkasi berish haqida bir kun ichida qaror qabul qiladi hamda uch kunda yer uchastkasi chegaralari o‘lchab beriladi.

Yer uchastkalarini auksion orqali olishda, auksionlar o‘tkazilishi haqidagi xabarnomalar 30 kun oldin “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi”ning veb-portaliga joylashtiriladi.

Auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar qabul qilish xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab veb-portalda avtomatik tarzda boshlanadi va auksionni o‘tkazish kunidan ikki ish kuni oldin (soat 13?00 da) yakunlanadi.

Auksion ish kuni mobaynida soat 9:00 dan 18:00 gacha o‘tkaziladi.

Boshlang‘ich narx sifatida auksion obyektining minimal qiymatiga teng narx belgilanadi. Auksion g‘olibi besh ish kunidan kechiktirmay yer uchastkasining pulini to‘lashi lozim.

Belgilangan muddatda pul to‘lanmasa auksion natijasi bekor qilinadi hamda g‘olibdan keyin yer uchastkasining narxi bo‘yicha eng yuqori stavkani qo‘ygan auksion ishtirokchisiga yer uchastkasini olish haqida taklif yuboriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют