» » Prezident Mirzacho‘l tumanidagi O‘zbek – qozoq milliy madaniyat markazi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Mirzacho‘l tumanidagi O‘zbek – qozoq milliy madaniyat markazi faoliyati bilan tanishdi


Prezident Mirzacho‘l tumanidagi O‘zbek – qozoq milliy madaniyat markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mirzacho‘lda yashayotgan qozoq millatiga mansub yurtdoshlarning urf-odat va an’analarini rivojlantirishi uchun zarur sharoit yaratilgan. Xususan, bu yerda Qozoq milliy teatri tashkil etilgan. Yaqinda teatr binosi rekonstruksiya qilinib, ko‘rkam inshootga aylantirildi. Milliy cholg‘uchilik, ashula, raqs, tasviriy san’at kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbek – qozoq milliy madaniyat markazining tashkil etilishi xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikning yana bir ifodasi bo‘ldi. Markazda madaniy aloqalarni kuchaytirish, yoshlarni baynalmilal do‘stlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident mazkur teatrning qayta tiklanishi va O‘zbek-qozoq milliy madaniyat markazining tashkil etilishi ikki qardosh xalq hamjihatligida muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Bu maskan hududdagi ijodiy, ma’rifiy tashkilotlarni, ziyolilarni, yoshlarni ezgu maqsad yo‘lida birlashtirishi zarurligini qayd etdi.

O‘zbek va qozoq xalqlari san’atidan namunalar ijro etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют