» » 2018-yilda O‘zbekistonda rashk tufayli 22 ta qotillik sodir etilgan

2018-yilda O‘zbekistonda rashk tufayli 22 ta qotillik sodir etilgan


O‘zbekistonda o‘tgan yilda 432 ta qotillik jinoyati ro‘yxatga olindi. Bu mazkur jinoyat 2017-yilgi (519 ta) ko‘rsatkichdan 16,8 foizga kamayganligini anglatadi. Bu haqda 30-yanvar, chorshanba kuni o‘tkazilgan brifing davomida general-mayor Qutbiddin Burxonov bayonot berdi, deb yozadi Sputnik.

Shundan oila-turmush darajasidagi qotilliklar ko‘rsatkichi 2017-yilda 199 tani, 2018-yilda esa 160 tani tashkil etgan.

Xususan, o‘ch olish maqsadida 2017-yilda 13 ta qotillik sodir bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan 2018-yilda 9 ta qotillik ro‘yxatga olingan.

Rashk tufayli (er-xotin bir-birini rashk qilishi oqibatida) 2018-yilda 22 ta qotillik sodir etilgan va 2 taga kamayishiga erishilgan.

Yaqin qarindoshlar (aka-uka, opa-singillar) o‘rtasida ota-ona o‘tganidan so‘ng mol-mulk talashish natijasida 2018-yilda 9 ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 6 taga ko‘p. 2017-yilda 3 ta qotillik jinoyati sodir etilgan bo‘lsa, 2018-yilda 9 ta jinoyat ro‘yxatga olingan.

Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli sodir bo‘lgan qotilliklar soni: 2017-yilda 106 ta bo‘lib, 2018-yilda 86 tani tashkil qilgan. Boshqa turli sabablarga ko‘ra yaqin qarindoshlar ichida sodir etilgan qotilliklar: 2017-yilda 53 ta ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2018-yilda 34 ta qayd etilgan.

Er tomondan o‘zining qonuniy turmush o‘rtog‘ini o‘ldirganlik holatlari 2017 va 2018-yillarda bir xil 62 ta qayd etilgan.

Xotin tomonidan erni o‘ldirish holati 2017-yilda 10 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilda 12 ta ro‘yxatga olingan.

Qo‘shnilar o‘zaro janjal tufayli bir-birini o‘ldirganlik holati 2018-yilda avvalgi yilga nisbatan 5 taga kamaygan, ya’ni 5 ta qayd etilgan.

Aka-ukalar o‘rtasida qotillik holati 2018-yilda 15 ta qayd etilgan bo‘lib, bu 2017-yilgiga nisbatan 10 taga ko‘pdir.

Yaqin qarindoshlar ichida bir-biriga nisbatan sodir qilingan qotillik 2017-yilda 112 ta, o‘tgan yilda 66 tani tashkil qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют