» » Mirzacho‘l tumanida yangi zamonaviy Davlat xizmatlari markazi ochildi

Mirzacho‘l tumanida yangi zamonaviy Davlat xizmatlari markazi ochildi


Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida yangi zamonaviy Davlat xizmatlari markazi ochildi. Mazkur tumanning 51 mingdan ortiq aholisi endi qulay va sifatli davlat xizmatlari olish imkoniga ega. Viloyatga tashrif buyurgan O‘zbekiston Prezidenti bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

An’anaga ko‘ra, har bir ochilayotgan Davlat xizmatlari markazi avvalgisidan qo‘shimcha yaratilgan sharoitlar hamda joriy etiladigan va sinov tariqasida ko‘rsatiladigan yangi xizmatlar bilan farqlanadi. Mirzacho‘l tumani markazi ushbu an’anani davom ettirdi.

Fuqarolar bu yerda yaratilgan kutubxonada navbati kelguncha qiziqarli kitob o‘qishi, bolalar esa maxsus jihozlangan maydonchada vaqtini o‘tkazishi mumkin. Bundan tashqari, markazning o‘zida “Baxt uyi”, tuman adliya bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi ham joylashgan.

Shuningdek, Markaz eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish, fuqarolik pasportini olish va almashtirish uchun zarur bo‘lgan texnika bilan jihozlangan. Barcha xizmatlar elektron navbat tartibida ko‘rsatiladi.

Ilk bor yangi markazda tashkil etilgan investorlar uchun maxsus xonada tadbirkorlar yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, imtiyozlar, O‘zbekistonda biznesni ochishning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot olishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют