» » Ispaniya Kubogi. “Barselona” “Sevilya” darvozasiga 6 ta gol urib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

Ispaniya Kubogi. “Barselona” “Sevilya” darvozasiga 6 ta gol urib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)


30-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/4 finali doirasida yana 2 ta uchrashuv yakunlandi.

Ernesto Valverde boshqaruvidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘z maydonida “Sevilya” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 13-daqiqasida hakam tomonidan “Sevilya” darvozasiga penalty belgilandi. Filippe Koutinyo bundan unumli foydalanib, hisobni ochdi (1:0). 31-daqiqada Ivan Rakitich Artur uzatgan to‘pni darvozaga kiritdi (2:0).

2-bo‘limning 53-daqiqasida Filippe Koutinyo hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi va dublga erishdi (3:0). Oradan bir daqiqa o‘tib, Serxi Roberto Leo Messi uzatmasini golga aylantirdi va hisobni yiriklashtirdi (4:0). 67-daqiqaga kelib “Sevilya” yarim himoyachisi Gilyerme Arana Yasper Killessen darvozasini ishg‘ol qildi. 89-daqiqada Luis Suares o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. 90-daqiqada esa jamoa yetakchisi Lionel Messi raqib darvozasiga to‘p kiritdi. Ikkala golga ham Jordi Alba hammualliflik qildi.

Shu tariqa Kataloniya klubi “Sevilya”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning 1/4 final dastlabki uchrashuvida “Sevilya” klubi “Barselona”ni 2:0 hisobida taslim qilgandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob — 6:3.

Ispaniya Kubogi

1/4 final bahslari

30-yanvar, chorshanba

Gollar: 0:1 — 33 Baptistao, 1:1 — 76 Lo Selso, 2:1 — 95 Leon, 3:1 — 99 Mandi.

Gollar: 1:0 — 13 Koutinyo, 2:0 — 31 Rakitich, 3:0 — 53 Koutinyo, 4:0 — 54 Roberto, 4:1 — 68 Arana, 5:1 — 89 Suares, 6:1 — 90 Messi.

“Barselona”: Killessen, Roberto, Pike, Lengle, Alba, Rakitich (Vidal, 76), Buskets, Artur (Alena, 90), Messi, Suares, Koutinyo (Semedu, 81).

“Sevilya”: Soriano, Karriso, Kyer, Gomes, Promes, Banega (Ben Yedder, 77), Amadu, Mesa (Vaskes, 77), Arana (Gil, 84), Silva, Sarabiya.

Ogohlantirishlar: Suares (30), Karriso (34), Gomes (72).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют