» » APL. “Chelsi” yirik hisobda yutqazdi, “Liverpul”da durang, “Tottenhem”da esa g‘alaba (video)

APL. “Chelsi” yirik hisobda yutqazdi, “Liverpul”da durang, “Tottenhem”da esa g‘alaba (video)


30-yanvar, chorshanba kuni Angliya chempionatining 24-tur bahslari doirasida so‘nggi 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Mauritsio Sarri boshliq “Chelsi” klubi mazkur turda “Bornmut” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvdagi barcha gollar 2-bo‘limda kiritildi. 47-daqiqada Joshua King hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqaga kelib Devid Bruks 1-gol muallifi Joshua King uzatmasini golga aylantirdi (2:0). 75-daqiqada esa King hisobni 3:0 ko‘rinishi olib keldi va dublga erishdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Charli Deniyels hisobni yiriklashtirdi (4:0) va o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa “Chelsi” o‘z darvozasidan javobsiz 4 ta to‘p olib chiqib, sensatsion tarzda mag‘lub bo‘ldi.

Musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan “Liverpul” jamaosi “Enfild” stadionida “Lester” bilan kurash olib bordi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq “qizillar” hujumchisi Sadio Mane darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 45-daqiqaga kelib raqib jamoa himoyachisi Harri Maguayr hisobni tenglashtirdi (1:1).

Bellashuv yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi va tomonlar durangga imzo chekdi.

Jarohatlar qurshovida qolgan Londonning “Tottenhem” klubi o‘z maydonida “Uotford”ni qabul qildi.

1-bo‘limning 38-daqiqasida Kreyg Ketkart Ugo Lyoris qo‘riqlayotgan darvozaga uchrashuvdagi dastlabki golni kiritdi (1:0).

2-bo‘limning 80-daqiqasida esa Son Hyon Min Fernando Lyorente uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi (1:1). Oradan 7 daqiqa o‘tib, Fernando Lyorentening o‘zi gol urishga muvaffaq bo‘ldi va o‘yin qahramoniga aylandi.

Shu tariqa Maurisio Pochchetino shogirdlari qiyin kechgan bahsda g‘alabani ilib ketdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

24-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

24-tur bahslari

30-yanvar, chorshanba

Gollar: 1:0 — 47 King, 2:0 — 63 Bruks, 3:0 — 75 King, 4:0 — 90 Deniyels.

Gollar: 0:1 — 41 Zaha, 1:1 — 77 Uord-Prouz.

Gollar: 1:0 — 3 Mane, 1:1 — 45 Maguayr.

Gollar: 0:1 — 38 Ketkart, 1:1 — 80 Son Hyon Min, 2:1 — 88 Lyorente.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют