» » GM Uzbekistan yangi avtomobillarga kafolatli xizmat ko‘rsatish muddatini 3 yilgacha uzaytirdi

GM Uzbekistan yangi avtomobillarga kafolatli xizmat ko‘rsatish muddatini 3 yilgacha uzaytirdi


GM Uzbekistan yangi avtomobillarga kafolatli xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirdi. Bu haqda  kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

2019-yil 1-fevralidan ushbu muddat 3 yil yoki 100 000 kilometrga teng bo‘ladi. Oldinlari bu xizmat bir yil yoki 20 000 kilometrni tashkil etgan.

Uzaytirilgan kafolat muddati kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 2019-yilning 1-fevralidan boshlab xarid qilinadigan avtomobillarga tegishli. Kafolat muddati avtomobilning egasi bilan bog‘liq emas — ushbu vaqt mobaynida avtomobil egasi o‘zgarsa, uning yangi egasi ham kafolatdan foydalana oladi.

Avtomobildan noto‘g‘ri foydalanish, avariya, avtomobilning konstruksiyasi va modifikatsiyasiga o‘zgartirish kiritish, ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilmaydigan qo‘shimchalar yoki jihozlanish tufayli nosozliklar kafolat cheklanishiga olib keladi.

Kafolat davri davomida ishlab chiqaruvchining aybi bilan avtomobilda kuzatilgan nuqson va nosozliklar bepul bartaraf etiladi. Buning uchun avtomobil egalari tomonidan mashinadan foydalanish va texnik qarovning barcha qoidalariga rioya etilgan bo‘lishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют