» » Qo‘riqlash pulti tufayli o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish jinoyatining oldi olindi

Qo‘riqlash pulti tufayli o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish jinoyatining oldi olindi


Mirobod tumanidagi xonadon qo‘riqlash pultiga ulanganligi sababli xitoylik fuqaroning mol-mulki o‘zgalar tomonidan o‘g‘irlab ketilishining oldi olindi, deb yozadi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2017-yil  3-mart kuni soat 16:30 larda  noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj  qilish maqsadida, Mirobod tumanidagi xonadonlardan birining eshigi qulfini temir jism yordamida ochib kirib, Mirobod tumanidagi Huawei korxonasida ishlovchi, xitoylik fuqaroga tegishli  qimmatbaho buyumlarni  o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘riqlash pulti signalizatsiyasi orqali qo‘riqlash pultiga “tashvish” xabari kelib tushgan.

Mirobod tumani 1-texnik qo‘riqlash pulti ekipaji — safdor A.A.Bektashev, safdor M.R.Yo‘ldashev va katta serjant A.A.Suyarqulov hamda otryad komandiri mayor U.G.Ortiqovning voqea joyiga zudlik bilan yetib borishi natijasida g‘araz niyatli shaxs voqea joyida, daliliy ashyolar bilan  qo‘lga olindi.

O‘zganing mulkiga ko‘z olaytirgan shaxs 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Shayxontohur tumani Uyg‘ur ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro ekanligi aniqlandi.

Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют