» » Maduro Tramp uni o‘ldirishni buyurganini ma’lum qildi

Maduro Tramp uni o‘ldirishni buyurganini ma’lum qildi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Amerika prezidenti Donald Tramp uni o‘ldirishni buyurganiga shubha qilmaydi, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Venesuela prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bunday buyruqni Tramp hukumatga va Kolumbiya mafiyasiga bergan. “Agar menga biror narsa bo‘lsa buning uchun Donald Tramp va Kolumbiya prezidenti Ivan Duke javobgar bo‘ladi”, — deydi Maduro.

Shu bilan birga uning taqdiri yaratganning qo‘lida ekanligini, uni Venesuela xalqi himoya qilishini, shuningdek mamlakatda razvedka xizmati juda yaxshi ishlashini qayd etgan.

Bundan tashqari Maduro Tramp bilan istalgan joyda shaxsan uchrashib, istalgan masalani hal qilishi mumkinligini aytgan.

Maduro Rossiya prezidenti Vladimir Putinga doimiy yordam uchun minnatdorlik bildirgan.

U Venesuela albatta Rossiya va Xitoy oldida qarzini uzishini, mamlakatning iqtisodiy rivojida ushbu mamlakatlarning ulkan xizmatini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 1) ( 84) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...