» » Xirosima va Nagasaki Rossiya va AQShni o‘rta va qisqa masofadagi raketalar bo‘yicha kelishuvni buzmaslikka chaqirdi

Xirosima va Nagasaki Rossiya va AQShni o‘rta va qisqa masofadagi raketalar bo‘yicha kelishuvni buzmaslikka chaqirdi


Xirosima meri Kadzumi Matsui va Nagasaki meri Tomihisa Taue Rossiya Federatsiyasi va Qo‘shma Shtatlarni o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomani buzmaslikka chaqirgan, deya xabar beradi “TASS”.

Bu haqda Rossiya va AQSh rahbariyatiga qo‘shma noma yuborilgan.

Agar kelishuv hech qanday o‘rnini bosuvchi choralar bilan almashtirilmasa, bu yadro qurolidan foydalanish xavfini oshiradi. Xirosima va Nagasaki merlari shu munosabat bilan yadro qurolsizlantirishga qaratilgan aniq takliflarni ishlab chiqishga chaqirgan.

“Biz AQSh va Rossiyadan Xirosima va Nagasaki fojialarini takrorlamasliklari uchun harakat kutmoqdamiz”, — deyiladi nomada.

O‘rta va qisqa oraliqdagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi kelishuv SSSR va AQSh o‘rtasida 1987-yilning 8-dekabr kuni Vashingtonda imzolangan.

U 500 dan 5,5 ming kilometrgacha radiusli raketalarni ishlab chiqarishni va yaratishni taqiqlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют